Afzal Azimovich Rafiqov (1948.21.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000)[1]. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. „Qaroqchilar“ (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, „Tirik murda“), Zokirov (S. Abdullin, „Oʻn uchinchi rais“), Tarso (T. Tula, „Nodirabegim“), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, „Iskandar“), Faridun (Firdavsiy, „Faridun“), Yago (U. Shekspir, „Otello“), Lir (U. Shekspir „Qirol Lir“), Aslzoda (A. Sagareli, „Xonuma“) kabi rollari bilan tanilgan.

Afzal Rafiqov
Tavalludi 21-avgust 1948-yil (1948-08-21) (75 yosh)
Mukofotlari

Kinoda („Yaratganga shukur“da Ahmad, „Alpomish“da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda („Diyonat“da Proxor, „Girdob“da ilmiy kotib, „Ichkuyov“da Sergey, „Omon boʻlsang, unutma“da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan („Lev Tolstoy“da Tolstoy, „Gʻalaba“ filmida Stalin, „Hayot mazmuni“da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. „Gulshan“ radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar („Usmon Nosir“, „Xabib Abdullayev“ va boshqalar)ni olib borgan.Afzal Rafiqovning shoh asari oʻzi aytgandek umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi bu Qur’oni karimning oʻzbek tilida oʻqiganidir[2].

Filmografiya tahrir

Filmlar tahrir

Yil Film nomi Rol
1998 Kichkina tabib
2000 Alpomish
2007 Faqat gʻalaba futbol bosh murabbiysi
2006 Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi
2008 Jannat qaydadir? Domla, Luizaning otasi
2011 Kelganda kelin: Anjancha muhabbat Goʻyoning otasi

Manbalar tahrir

  1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil