Aga (Niigata)
Aga (yaponcha: 阿賀町 Aga-machi ) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 30-noyabr holatiga koʻra, shaharchada 4490 ta xonadonda 10386 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa 1 km2ga 11 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 952,89 kvadrat kilometr (367,91 mil²) ni tashkil etadi.
Aga 阿賀町 | |
---|---|
Shaharcha | |
37°40′32.0″N 139°27′31.6″E / 37.675556°N 139.458778°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chūbu viloyati |
Asos solingan | 2005-yil 1-aprel |
Maydon | 95,289 km2 (36,791 kv mi) |
Iqlim turi | nam iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil noyabr) |
10 386 |
Zichligi | 11 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0254-92-3111 |
|
Geografiyasi
tahrirAga Niigata prefekturasining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Butun prefekturaning 6,8 foizini egallagan Aga Niigatadagi Joetsu va Murakami shaharchalridan keyingi uchinchi yirik munitsipalitetdir. Shahar markazidan Agano daryosi va uning irmogʻi Tokonami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirAga nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq, nam yoz va sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Aga shahrida oʻrtacha yillik harorat 11.6 °C (52.9 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,487.6 mm (97.94 in) boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 24.5 °C (76.1 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 2.4 °C (36.3 °F) atrofida boʻladi.
Tsugava, Aga (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 15,1 | 16,4 | 21,9 | 31,4 | 34,6 | 34,2 | 36,8 | 39,4 | 35,6 | 30,8 | 23,0 | 20,8 | 39,4 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 3,4 | 4,4 | 8,5 | 16,2 | 22,3 | 25,4 | 28,5 | 30,3 | 25,8 | 19,3 | 12,6 | 6,1 | 16,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −2,7 | −3,2 | −1,4 | 2,9 | 8,9 | 14,6 | 19,5 | 20,3 | 16,3 | 9,6 | 3,5 | −0,5 | 7,3 |
Mutlaq minimal, °C | −14,5 | −16,5 | −12,2 | −6,3 | −0,2 | 5,1 | 10,1 | 10,9 | 5,6 | 0,1 | −5 | −10,2 | −16,5 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 279,3 | 188,3 | 169,5 | 126,0 | 110,4 | 160,3 | 304,8 | 209,3 | 155,9 | 185,2 | 206,5 | 324,8 | 2 487,6 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Aga aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida qariyb toʻrtdan uch qismga kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 38,431 | — |
1960 | 35,111 | −8.6% |
1970 | 24,632 | −29.8% |
1980 | 20,28 | −17.7% |
1990 | 17,557 | −13.4% |
2000 | 15,813 | −9.9% |
2010 | 13,303 | −15.9% |
2020 | 9,965 | −25.1% |
Tarixi
tahrirHozirgi Aga hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davridagi Tokugava syogunati davrida Aizu domeniga tegishli hududlarning bir qismi hisoblangan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, hudud Niigata, Higashikanbara tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Aga shahri 2005-yil 1-aprelda Higashikanbara tumanidagi Kamikava va Kanose shaharlari hamda Mikava va Tsugava qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat
tahrirAga toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 13 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Aga, Gosen shahri bilan birgalikda Niigata prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 11-okrugining bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti
tahrirMahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi. Aganing Kamikava (上川) hududi oʻzining Koshihikari guruchlari bilan mashhur boʻlib, u tumanning asosiy ish beruvchilaridan biri boʻlgan ikkita mahalliy sake zavodiga ham ishlatiladi. Mikava hududi qoʻziqorinlar bilan ham mashhur boʻlib, qoʻziqorin parkiga mezbonlik qiladi, u yerda odamlar oʻzlari qoʻziqorin terib olishlari yoki mahalliy oʻstirilgan turli xil mahsulotlardan tanlashlari mumkin.
Taʼlim tizimi
tahrirAgada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
tahrirTemir yoʻl
tahrirJR Shaqiy yoʻnalish — Ban'etsu gʻarbiy liniyasi
- Toyomi - Hideya — Kanose — Tsugava — Mikava — Igashima — Higashi-Gejō
Magistral yoʻl
tahrir- Ban-etsu tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 49
- Milliy yoʻnalish 459
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrirMilliy tarixiy joylar
tahrir- Kosegasava gʻori, Jomon davri arxeologik majmuasi
- Muroya gʻori, Jomon davri arxeologik yodgorligi
Manbalar
tahrir- ↑ „Aga town official statistics“ (yaponcha). 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
- ↑ Aga population statistics
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)