Agiin botigʻi
(Agiin botig‘idan yoʻnaltirildi)
Agiin botigʻi – Ustyurt platosining markazidagi botiq. Borsakelmas botigʻining shimoli-gʻarbida. Oʻrtacha bal. 85 −95 m dan PO m gacha. Eng baland joyi 124 m. Shimolidan janubiga 27 – 32 km, sharqdan gʻarbga 18 – 20 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi bir oz qiya. Botiqning tubi sof shoʻrxokdan iborat. Relefining balandroq joylari plato qoldiqlari, ular oraligʻidagi pastqamliklar esa shoʻrxoklar bilan band. Doʻngliklarda qorasaksovul, pastqamliklarda sarisazan va shoxiloq oʻsadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |