UstyurtOʻzbekistonning shimoli-gʻarbi (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududlaridagi plato. Sharqda Orol dengizi va Amudaryo deltasi, gʻarbda Mangʻishloq yarim orol va Qoraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, shimolida Kaspiyboʻyi pasttekisligi oraligʻida joylashgan. Maydoni 200 ming km². Oʻrtacha balandligi 150–250 m, eng baland joyi (370 m) janubi-gʻarbida. Ustyurtning atrofi 60–150 m li tik jarlik (chink)lardan iborat. Chinklar har xil chuqurlikdagi jar va soylar bilan kesilgan. Ustyurtning shimoliy chinklari shimoliy gʻarbda Oʻlikqoʻltiq shoʻrligidan boshlanib, shimolida Katta Boʻrsiq qumligiga borib taqaladi. Platoning baland sharqiy chegarasi Orol dengizining avvalgi qirgʻogʻi va Amudaryo deltasidan, janubiy chinklari Qoraqum choʻli va Oʻzboy oʻzani, gʻarbiy chinklari esa Koraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻining gʻarbiy sohili, Qorniyoriq botigʻi, Qaydak shoʻrligi orqali oʻtadi.

Ustyurt
Yer sunʼiy yoʻldoshidan olingan tasvir
Yer sunʼiy yoʻldoshidan olingan tasvir
43°17′0″N 55°33′0″E / 43.28333°N 55.55000°E / 43.28333; 55.55000 G OKoordinatalari: 43°17′0″N 55°33′0″E / 43.28333°N 55.55000°E / 43.28333; 55.55000 G O
MamlakatlarAndoza:Bayroqikon/Qozoqiston
Andoza:Bayroqikon/O'zbekiston
JoylashuviO'rta Osiyo
Maydoni200 000 km²
DaryolarAmudaryo deltasi
KoʻllarOrol dengizi
O'rta Osiyo joy xaritaga ega emas.

Geologik tuzilishiTahrirlash

Plato hududi geologik tuzilishi jihatidan epipaleozoy plitasining bir qismi hisoblanib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy tog jinslaridan tashkil topgan. Yer yuzasiga yaqin kismi gorizontal yotgan sarmat ohaktoshlari, gillardan tuzilgan boʻlib, oralarida tuz va gips qatlamlari uchraydi. Ustyurtda kenglik boʻylab yoʻnalgan bir necha tektonik strukturalar mavjud. Ustyurtning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt koʻtarilmasi, janubida Ustyurt bukilmasi (unda Qoʻshbuloq, Osmontaymatay, Sam va boshqa shoʻrxoklar) joylashgan. Bu bukilma shimoliy Ustyurt koʻtarilmasini Qassarma koʻtarilmasidan ajratib turadi. Qassarma koʻtarilmasi janda Borsakelmas botigʻi bor. Undan janubida Markaziy Ustyurt koʻtarilmasi, yana janubroqda Asakaovdon choʻkmasi joylashgan.

Ustyurt yuzasi supasimon tekislik boʻlib, unda bir qancha qirlar: Muzbel, Qorabovur, Oqtumshuq, Qulandi va boshqa, Borsakelmas, Qorashoʻr, Asakaovdon kabi choʻkma va botiqlar mavjud. Janubiy qismiga Qoplonqir va Sariqamish botigʻi kirib borgan. Uning shimoliy qismida Sam, Matayqum, Uchtagʻan qumliklari va bir qancha shoʻrxoklar (Qoʻshbuloq, Osmontaymatay, Sam va boshqalar) hamda taqirlar mavjud. Ustyurtda karst va karstsuffozion relyef shakllari (karst voronkalar, botiklar, gʻorlar) vujudga kelgan.

IqlimiTahrirlash

Iqlimi keskin kontinental. Qishi Oʻzbekistonda eng sovuq, yozi juda issiq, uzoq davom etadi. Iyul oyida oʻrtacha temperatura 25°—28°, eng yuqori temperatura 46°. Qishda U.ning gʻarbiy qismi bilan sharqiy qismi oʻrtasida temperatura farqi katta: eng past temperatura garbda —20°, sharqida —40° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 112–121 mm, eng koʻp yogʻin (34%) bahor oylarida tushadi.

Ustyurtda doimiy oqar suvlar yoʻq. Bahor oylarida botiklar, shoʻrxoklar, taqirlarda suv yigʻilib, vaqtinchalik koʻllar qosil boʻladi, yozda ular qurib qoladi. Faqat platoning janubidagi Sariqamish botigʻida va baʼzi bir gʻorlar ichida doimiy koʻllar bor. Yer osti suvlariga nisbatan boy. Yer osti suv qatlamlari sarmat va paleozoy yotqiziklarida (20–50 m chuqurliklarda) uchratiladi, ularning aksariyati shoʻr. U.ning katta qismida surqoʻngʻir, botiqlar, shoʻrxoklarda shoʻrxok, taqirshoʻrxok, qumliklarda qumli tuproqlar uchraydi.

O'simlik va hayvonot dunyosiTahrirlash

Oʻsimlik qoplami siyrak, asosan, shuvoq va shoʻralar oʻsadi. Bulardan tashqari, qirqboʻgʻin, kovrak, qora saksovul, biyurgʻun, tetir, sarsazan, iloq va boshqa bor. Bahorda efemer, efemeroidlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi choʻlga xos boʻlib, jayran, saygʻoq, boʻri, tulki, yumronqoziq, qoplon, Ustyurt qoʻyi, olakoʻzan, hind asalxoʻri, qoʻshoyoq, qumsichqon, turli ilonlar, qushlardan toʻrgʻay, qora qargʻa, xoʻjasavdogar, quzgʻun va boshqa yashaydi. Hasharotlardan termit koʻp. Noyob va "qizil kitob"larga kiritilgan hayvon va oʻsimlik turlarini muhofaza qilish va oʻrganish maqsadida Ustyurt qoʻriqxonasi (Qozogʻiston hududida) tashkil etilgan.

Tabiiy boyliklariTahrirlash

Ustyurt hududi, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi. Bu yerda neft, gaz va yer osti suvlarining katta zaxiralari aniqlangan.

Yana qarangTahrirlash