Boʻrsiq qumlari (choʻl)
Boʻrsiq qumlari — Orol dengizidan shimolidagi qumli choʻllar, Qozogʻistonning Oqtoʻba viloyatida. Katta Boʻrsiq va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllarga boʻlinadi. Katta Boʻrsiq qumlari (choʻl)ning uz. qariyb 200 km, Kichik Boʻrsiq qumlari (choʻl)ning uz. 100 km cha, oʻrtacha balandligi 100 m gacha boʻlib, qator qum tepalari va barxanlardan iborat. Katta Boʻrsiq qumlari (choʻl) va Kichik Boʻrsiq qumlari (choʻl) bir-biridan gilli, qumoqli, shoʻrxok va taqirli pastliklar bilan ajralib turadi. Tekis yerlarda shuvoq, shoʻra, erkakoʻt, buta, kserofit oʻsimliklar oʻsadi, qum tepalarining yon bagʻirlari yulgʻun, quyonsuyak, qandim va chingilzorlar bilan qoplangan. Qum tepalari orasidagi pastliklarda esa namsevar oʻsimlik koʻp. Boʻrsiq qumlari (choʻl) chorva mollari bokiladigan bahorgi va kuzgi yaylov.
Boʻrsiq qumlari qozoqcha: Борсық | |
47°46′59.02″N 59°42′42.01″E / 47.7830611°N 59.7116694°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Joylashuvi | Oʻrta Osiyo |
Uzunlik | 80−120 km |
Kenglik | 10−20 km |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |