Bosh menuni ochish

Tashqari, tashqi hovli — Oʻrta Osiyo xalq meʼmorligida oʻtroq aholi uyjoyining maxsus bir boʻlagi; koʻcha darvozaga yaqin tomondagi qismi. Mehmonxona, xoʻjalik uchun zarur xonalar, xizmatchilar xonasi, otxona va boshqa joylashgan. T. hovli erkaklar uchun, ichkari hovli esa xotinxalaj va bolalar uchun maxsus qurilgan. Uylar xonadon egalarining mavqeiga qarab oʻziga xos koʻrinishda boʻlgan. Mac, savdogar va amaldorlar xonadoni hunarmanddehqonlar xonadonidan keskin farq qilgan (qarang Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hunarmandlar uyining T. sida ustaxona, omborxona va koʻchaga qaragan savdo doʻkoni boʻlgan.