Ahadjon Hasanov

arabshunos-islomshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi{{manba kerak}}, tarix fanlari doktori (1994), professor

Ahadjon Ahmadjonovich Hasanov (1940.29.3) — arabshunos-islomshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi[manba kerak], tarix fanlari doktori (1994), professor.

Ahadjon Hasanov
Tavalludi 1940-yil 29-mart
Toshkent viloyati Piskent shahri
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Kasbi manbashunos-islomshunos olim
Ish joylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi „Социально-политический строй мамлюкского Египта при черкесских султанах (1382—1517)“ (nomzodlik), „История древней Аравии и проблемы ее изучения“ (doktorlik)
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni

Tarjimayi holi

tahrir

Ahadjon Hasanov 1940-yilning 29-martida Toshkent viloyati Piskent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharq fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini mazkur fakultetda Arab davlatlari tarixi fanidan dars  berishdan boshladi[1]. Misr, Liviya va boshqa arab davlatlarida uzoq muddat xizmat safarida bo‘ldi. 13 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishladi. Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy-pedagogik faoliyati

tahrir

1975-yilda „Социально-политический строй мамлюкского Египта при черкесских султанах (1382—1517)“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1994-yilda esa „История древней Аравии и проблемы  ее изучения“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2000-yil 16-sentyabrda  Toshkent islom universitetida UNESCO Bosh kotibi Koichiro Masuuro ishtirokida „Jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO“ kafedrasi ochildi. Mazkur kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi  12 ta kafedraning biri, professor Ahadjon Hasanov esa  uning ilk rahbari bo‘ldi[manba kerak].

Olim mazkur kafedra faoliyatini tashkil etishda, uning dunyo oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh  dinshunoslik kafedralari  bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlashda samarali mehnat qildi. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Moskva, Qozon, Qohira, Buxarest, Parij, Yujin (AQSh)da o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyalarda ingliz, arab va rus tillaridagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ahadjon Hasanov dinlar tarixi, islom tarixi, qiyosiy dinshunoslik kabi yo‘nalishlarda  o‘ziga xos ilmiy maktab yaratdi[manba kerak].  Bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Ahadjon Hasanov  200 ga yaqin ilmiy maqola, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma va   risolalar muallifi. Olimning mas’ul  muharrirligi va taqrizi ostida 30 dan ortiq monografiya, risola va o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

Mukofotlari

tahrir

Professor Ahadjon Hasanov  2011-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi“ faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. 2020-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 208-bet. 
  2. „Ўзбекистон Республикаси Президентининг „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат ва оммавий ахборот воситалари соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ги Фармони“ (2020-yil 27-avgust). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.