Ahmad Abdullayev — filologiya fanlari doktori. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti professori.

Ahmad Abdullayev
Tavalludi 1936-yil 15-mart
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Kasbi professor
Sohasi filologiya
Institutlar Tojikiston FA ning Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti
Taʼlimi oliy
Ilmiy darajasi filologiya fanlaei doktori
Mashhur ishlari Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti

Hayoti tahrir

Ahmad Abdullayev 1936-yil 15-martida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Bibishir uchastkasida tugʻilgan.

Taʼlimi tahrir

1953-yil Ahmad Maksim Gorkiy nomidagi oʻrta maktabni tugatadi. Keyinchalik esa Dushanbega boradi va u yerda T.Shevchenko nomli Tojikiston davlat pedagogika institutining filologiya fakuktetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgach 1957-yildan 1959-yilga qadar Boysun tumanidagi oʻzi taʼlim olgan Maksim Gorkiy nomli maktabda avval ilmiy boʻlim mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Soʻnggi ikki yilda esa oʻqtuvchi sifatida faoliyat yuritadi.

1959-yil Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kiradi va „Adib Sobir Termiziy Hayoti va ijodiyoti“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi bilan shugʻullanadi.

Faoliyati tahrir

Ahmad Abdullayev 1963-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot institutida ish faoliyati boshlagan. Shu yerda yuzdan ortiq ilmiy ishlar qilgan va fors-tojik adabiyoti tarixiga aloqador bir necha oʻnlab maqolalari oʻzbek, rus va tojik tillaridagi gazetalarda chop etilgan.

Asarlari tahrir

Ahmad Abdullayevning 3 ta monografik asari mavjud. Bular: „Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti“, „Zohid Faryobiy hayoti va ijodiyoti“. „Fors-tojik adabiyoti XI asrning birinchi yarmida“ nomli kitoblaridir. Shuningdek, uning fors-tojik tilidagi maqolalari „Sadoi sharq“, „Axborot“, „Pomir“ va „Sovet maktabi“ jurnallarida bosib chiqilgan. Adib tomonidan 165-yilda Sobir Termiziyning asarlari toʻplanib Tojikistonda bosmadan chiqarilgan[1].

2003-yilda Ahmad Abdullayevning oʻzbek tilidagi „Adib Sobir termiziy“ nomli kitobi oʻzbek tilida bosmadan chiqdi[2]

Manbalar tahrir

  1. B.Qodirov. Surxondaryo olimlari, Mehnat, Toshkent, 1990-yil — 9-10 bet. 
  2. Abdullayev, Ahmad. Adib Sobir Termiziy. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003-yil — 124 bet. ISBN 5-633-01483-9.