Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov (turkmancha: Ahmet Täçmyradowiç Agamyradow; 14-iyun 1979-yil, Ashxobod) – turkman futbolchisi, Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi[1]. Turkmanistonlik murabbiy Toshmurod Ogʻamurodovning oʻgʻli.

Ahmad Ogʻamurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov
Tavallud sanasi 14-iyun 1979-yil (1979-06-14) (45 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod Turkmaniston SSR
Boʻyi 1.75 cm (12 in)
Ampluasi Hujumchi

Klub faoliayti

tahrir

1994—1995-yillarda „Nisa“ klubi oʻrinbosarlari, 1995—1996-yillarda „Kopetdag“ FK oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

1996—1999-yillarda „Dagdan“ klubida, 1999—2000-yillarda „Kopetdog“da oʻynagan. Oxirgi klubi „Melik“ havaskor futbol klubi boʻlib, u 2004—2008-yillarda oʻynagan.

1999-yilda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Murabbiylik faoliayti

tahrir

2006-yildan 2016-yilgacha Ashxobod shahridagi sport futbol maktabida murabbiy boʻlib ishlagan, vaqti-vaqti bilan Turkmaniston chempionati oliy ligasi jamoalarida bosh murabbiylik lavozimiga oʻtgan. 2009-yildan oʻzi asos solgan „Oltin Tach“ futbol klubida[2] bosh direktori boʻlib ishlagan.

2011—2013-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasini boshqargan[3]. 2014-2016-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. Uning boshchiligida Turkmaniston terma jamoasi 2015-yilgi Hamdoʻstlik kubogida turnirning kuchli toʻrtta jamoasiga kirdi[4].

2015-yildan 2016-yilgacha u bir vaqtlar Turkmaniston Oliy liga chempionatida ishtirok etgan „Xazina“ futbol klubi[5] bosh murabbiyi boʻlgan. 2015-yilgi futbol boʻyicha Turkmaniston chempionatida 10 ta jamoa ichida 7-oʻrinni egallagan.

2016—2017-yillarda poytaxtning „Ashxobod“ futbol klubini boshqargan. 2021-yil iyun oyida Ahmad Ogʻamurodov boshchiligidagi Turkmanistonning 23 yoshgacha boʻlgan olimpiya terma jamoasi mamlakat tarixida ilk bor 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yoʻllanma olgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir