Ahmad baxshi
Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli (1891-yil, Xorazm — 1937-yil, Mangʻit qishlogʻi, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, SSSR) — oʻzbek xalq dostonchisi. Xorazm dostonchilik maktabi vakili. Suyav baxshining shogirdi, oʻzi ham shogirdlar yetishtirgan. Xorazm „Goʻroʻgʻli“ turkumi, „Oshiq Gʻarib“, „Sayodxon va Hamro“ dostonlarini kuylab kelgan. Nashr etilgan „Qirq ming“ dostoni undan yozib olingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |