Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin (арабча: أحمد بن أبو أحمد علاء الدين — Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin (vafoti. 1144 yil.) — Faqih va muhaddis.

Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih

Hayoti

tahrir

Alouddin Samarqandiy ba'zilar tomonidan Abu Bakr Samarqandiy ham deb aytiladi. Uning tavallud topgan yili haqida biror-bir ma'lumot manbalarda keltirilmagan. U Samarqandda tavallud topgan. Keyinchalik Samarqanddan Buxoroga ko‘chgan va hayotining ko‘p qismi Buxoroda o‘tgan. Bir muncha vaqt Balxda yashab, yana Buxoroga qaytgan. U zamonasining qadri baland, yetuk, fozil kishilaridan biri bo‘lgan. Alouddin Samarqandiy 540/1146-yil atrofida, ayrim manbalarda kelishicha, 539/1144, 575/1180-yili Buxoroda vafot etgan.

Faoliyati

tahrir

Uning fiqh, tafsir, hadis, usul, aqoid, kalom ilmlariga oid ko‘plab asarlari, jumladan islom olamida mashhur “Tuhfatu-l-fuqaho” (“Faqihlar tuhfasi”) asari bo‘lgan. Kitob hanafiy fiqhi bo‘yicha favqulodda katta ahamiyatga ega bo‘lib, unga ko‘plab sharhlar yozilgan. Uning usulu-l-fiqh bo‘yicha “Miyzonu-l-usul fi natoiji-l-uqul fi usuli-l-fiqh” (“Aqllar chiqargan xulosalari bo‘yicha asoslar mezoni”), “Lubob fi usuli-l-fiqh” (“Fiqh asoslari yuragi mag‘zi”), fiqhiy asar sharhi bo‘yicha “Sharh jomi'i-l-kabir” (“Katta to‘plam sharhi”), “Sharhi Tahoviy” (“Tahoviyga sharh”) kabi mashhur kitoblari mavjuddir. Uning ilmiy faoliyatining e'tiborli jihatlaridan yana biri shundaki, u o‘z maktabini yarata oldi. U tarbiyalagan shogirdlar fiqh ilmi, xususan, Movarounnahr fiqh maktabining rivojlanishida yetakchi o‘rinlarni egallagan.[1]

Asarlari

tahrir

“Tuhfatu-l-fuqaho”, “Miyzo-nu-l-usul fi natoiji-l-uqul fi usuli-l-fiqh”, “Lubob fi usuli-l-fiqh”, “Sharh jomi'i-l-kabir”, “Sharhi Tahoviy”, “Sharhu-t-ta'viloti-l-moturidiya fi bayoni usul ahli-s-sunna va usuli-t-tavhid”.

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 545.