Ahmad ibn Muso Keshiy muarrix va faqih boʻlgan. Keshiy nisbasi bilan eʼtirof etilgan allomalardan boʻlib, uning ushbu fiqhiy asari „Majmuʼu-l-havodis va-n-navozil va-l-fatovo va-l-voqiʼot“ deb nomlangan. Asarning qoʻlyozma nusxasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida № 5861 raqam bilan saqlanadi. Asarning hajmi 268 varaqdan iborat va mazkur qoʻlyozma asari hanafiylik yoʻnalishidagi fiqhi masalalar va fatvolar jamlanmasidan tashkil topgan[1]. Asar hanafiylik yoʻnalishida tasnif etilgan muʼtabar asarlar sirasiga kiradi undan koʻplab faqihlar foydalangan.Ahmad ibn Muso Keshiy 550/1155-yilda vafot etgan. Allomaning „Majmauʼ-l-havodis va-n-navozil“ asariing bir nusxa qoʻlyozmasi Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida ham saqlanadi[2]. Bu asar hanafiy fiqhida tasnif etilgan eng muʼtabar manbalardan hisoblanadi. Asar fatvolar jamlanmasidan tashkil topgan boʻlib, unga Ahmad ibn Muso Keshiy mashhur faqihlar Abu Lays Samarqandiy, Abu Bakr Fazl, Abu Hafs Kabiyr Buxoriy va boshqalarning fatvolaridan tuzib muhim manbalarni asarda jamlagan. Asar oʻzida oʻn beshta fiqhiy usulni qamrab olgan. Hanafiylik fiqhini oʻrganilishida, mazhabning furuʼ masalalari hamda usullarini oʻrganishda mazkur asarning ahamiyati katta hisoblangan.

Manbalar

tahrir
  1. Ўз ФА ШИ, қўлёзмалар фондида 5861 рақам остида сақланади. 268 варақ, 23 қатордан иборат. Асарнинг ҳажми 17,5/27,5 см.
  2. Муҳаммад Н. Насаф ва кеш алломалари. – Т.: Ғ.Ғулом, 2006. – Б. 29.