Ahmadjon Musayev (12-yanvar 1959-yil) sobiq oʻzbek futbolchisi va hozirda murabbiy. Oʻzbekiston U-20 jamoasini FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musboqasiga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.

Ahmadjon Musayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmadjon Rasulovich Musayev
Tavallud sanasi 12-yanvar 1959-yil (1959-01-12) (65 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR SSSR
Ampluasi Himoyachi / Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978—1980 Paxtakor - (-)
1980 Shahrixon 14 (0)
1981 Start 34 (1)
1982—1984 Zarafshon 85 (6)
1985 Narimanovets 18 (0)
1986—1989 Traktor 91 (4)
1990 Geolog 21 (1)
1990 Traktor 1 (0)
1991 Toʻrtkoʻlchi 24 (2)
1991 Shahrixon 10 (1)
1992 Diyonat - (1)
Boshqargan klublari
2011-2013 Oʻzbekiston U-20
2014-2016 Oʻzbekiston U-17
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ahmadjon Musayev Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida kattalar safida oʻz debyutini amalga oshirmagan boʻlsada 1978-yildan asosiy jamoa bilan birga mashgʻulotlar olib borgan va oʻrinbosarlar tarkibida toʻp surgan. 1979-yil „Paxtakor“ jamoasi bilan yuz bergan voqealardan soʻng, SSSRning boshqa mintaqalaridan bir necha futbolchilar „Paxtakor“ jamoasi safiga oʻtdi. Raqobatning oshishi natijasida 1980-yilgi mavsumda Andijonning „Shahrixonchi“ klubi tarkibiga oʻtdi. 1981-yilgi mavsumda Toshkentning „Start“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Shuningdek keyinchalik Navoiyning „Zarafshon“, Xorazmning „Narimanovets“, Toshkentning „Traktor“[1] Qarshining „Nasaf“ (oʻsha davrlarda Geolog), Qoraqalpogʻistonning „Toʻrtkoʻlchi“ Va Toshkent shahrining „Diyonat“ jamoalarida toʻp surdi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Murabbiylik faoliyatida asosan yoshlar jamoalari bilan ish olib bordi.[2][3] Bulardan eng muvaffaqiyatlaridan biri Oʻzbekiston U-20 jamoasini FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musboqasiga olib chiqqani boʻldi.[4]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir