Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi Asiriy guzarida[1], Buxoro amiriligida hukmronlik qilgan Amir Nasrulloxon (1826—1860) davrida, Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa 1705-yilda qurilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasa oldida Domulla Ahmadjon pishiq gʻisht, yogʻoch va ganchdan bitta maktab ham qurdirgan. Domulla Ahmadjon madrasa va maktab faoliyatini taʼminlash maqsadida Buxoroning shimoli rud tumanida 363 tanob yer, Chorbogʻi oliyda bir hammom, Asiriy guzarida esa uchta doʻkonini vaqf qilinadi.
Ushbu madrasada har juma kuni imom va maktab muallimi „Ixlos“ surasini uch marotaba oʻqib, savobini voqif ruhiga bagʻishlagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi har bir hujrasida ikki nafardan talabalar istiqomat qilgan. Vaqf mulki ijaradorlariga uch yildan ortiq ijaraga berilmagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasida koʻplab muallimlar dars bergan. Boshqa vaqf hujjatlariga koʻra ushbu madrasa uchun 1858—1858-yillarda Ahmadjon ibn Avazbadal tomonidan 306 tanob yer vaqf qilingan. Ushbu madrasada tahsil olgan talabalar va mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar saqlangan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 10 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi 9 ta hujra va 1 ta dars xona, qishqi masjid va yozgi ayvondan iborat boʻlgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon |
Binokorlik tashabbuschisi | Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon |
Asosiy sana: 1705-yil
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.