Ahmet Hakan Joshkun (1967-yil 11-avgustda tugʻilgan, Sorgun) — turk jurnalisti va televboshlovchisi. U „Hurriyat“ gazetasi uchun maqola yozmoqda va CNN Turk telekanalida Tarafsiz boʻlge deb nomlangan dasturni olib bormoqda. 2019-yil 6-noyabrdan buyon "Hurriyat" gazetasi bosh muharriri lavozimida ham ishlab kelmoqda. [1]

Ahmet Hakan
Tavalludi 11-avgust, 1967-yil (65 yoshda)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Jurnalist, Yozuvchi, Muxbir, Teleboshlovchi
Faoliyat yillari 1993-bugun
Millati turk

Hayoti

tahrir

Yozgatning Sorgun shaharchasida tugʻilgan. Otasining davlat xizmati tufayli Onado‘lining turli shaharlarida yashadi. Bolaligi Agʻri, Amasya, Chanoqqalʼa, Balıkesir kabi viloyatlarda oʻtgan. Imom Hatip oʻrta maktabini tamomlagan. U bir muddat Uludag universitetining ilohiyot fakultetida tahsil oladi. Keyin Istanbulga kelib, bir muddat shu yerda tahsil oladi. Bir muddat Buyukchekmejeda chiqadigan „Hurbakish“ gazetasida ishladi. [2]

U kollejda o‘qib yurgan kezlarida hikoyalar yozardi; ulardan bir nechtasi "Yedi iklim" jurnalida chop etilgan. U 1993-1994-yillarda TGRT Ana Haber telekanalini boshlovchisi sifatida faoliyat yuritadi. Kanal 7 tashkil qilinayotganda Bosh direktor Mustafo Chelik bilan bogʻlanib, xodimlar safidan joy oldi. Bir muddat muxbir bo‘lib ishlaganidan so‘ng, 1994-2005-yillarda „Kanal 7“ ning yangiliklar direktori va „Kanal 7“ xabarlar boshlovchisi bo‘lgan. Kanal 7 da Iskele Sancak dasturini tayyorlab, baʼzi qismlarini kitob holida nashr ettirdi. 2005-yilda Kanal 7 bilan kelisha olmay, isteʼfoga chiqdi. U birinchi marta Yangi Shafakda kichik maqolalar yozishni boshladi. Keyinchalik, u Sabah gazetasida ishlagan va hozirda Hurriyat gazetasida faoliyat olib bormoqda. U CNN Turk telekanalida Tarafsiz boʻlge dasturini olib bormoqda. U 2017-yil 16-yanvardan boshlab Kanal D Newsda boshlovchilik qila boshladi, shuningdek, Kanal D yangiliklar bo‘limi boshlig‘i vazifasini ham o‘z zimmasiga oldi. [3] 45-Oltin kapalak mukofoti marosimida u Tarafsiz boʻlge dasturi uchun „Eng yaxshi yangiliklar dasturi“ mukofotini oldi. Radio va televideniye jurnalistlari assotsiatsiyasi 2019-yilgi Media Oskar mukofotlarini topshirish marosimida xuddi shu dastur bilan mukofot oldi. [4]

Ahmet Hakanga qarshi tahdidlar va hujumlar

tahrir

Star gazetasi sharhlovchisi Jem Kuchuk, 2015-yil 9-sentyabr kungi ruknida Ahmet Hakanni quyidagi soʻzlar bilan tahdid qildi: „ Sen hali ham shizofreniya bilan ogʻrigan odamlar kabi Hurriyat Turkiyani boshqargan kunlarda ekaningni oʻylayapsan. Xohlasak, seni pashshadek ezib yuboramiz. Shu kungacha biz rahm-shafqat koʻrsatganimiz uchungina sen hali ham yashayapsan“. [5] Ahmet Hakan oʻsha kuni Jem Kuchuk ustidan sudga murojaat qildi.

CHP deputati Eren Erdem, ushbu voqea yuzasidan Turkiya Oliy Millat Majlisi Raisligiga savoli berdi. [6] Yeni Shafak gazetasi yozuvchisi Abdulqodir Selvi ham oʻz ruknida bu voqea haqida shunday yozdi: „Bular toʻgʻri emas. Turkiya va AK Partiya bularga loyiq emas“, — deya tanqid qildi u. [7] Zamonaviy Jurnalistlar Uyushmasi prezidenti Ahmet Abakay, „ Hrant koʻp tahdidlardan keyin oʻldirildi. Xuddi shu narsa Metin Göktepeda ham. Bunday qotilliklar shu koʻrinishda boshlanyapti“dedi. [8] Turkiya Jurnalistlar jamiyati, Matbuot kengashi va boshqa koʻplab jurnalistlar bu tahdidni qoraladi. [9]


Hakan 2015-yil 1-oktyabr kuni uyi oldida 4 kishi tomonidan hujumga uchraydi. Maʼlum bo‘lishicha, burni va qovurg‘alari singan Hakan avvalroq himoya so‘ragan, ammo arizasiga hech qanday javob berilmagan. Hujum qilganlarning ikki nafari Adolat va taraqqiyot partiyasi Fotih tuman tashkiloti aʼzosi ekani maʼlum bo‘ldi.

Faoliyat olib borgan telekanallari

tahrir
  • 1993-1994: TGRT
  • 1994-2004-yillar: Kanal 7
  • 2005-yildan hozirgacha: CNN Turk
  • 2017-2018: Kanal D

Kitoblari

tahrir
  • 1997 yil: Fuqarolik, chidab boʻlmas yurak (alohida nashrlar)
  • Mehmet Eymur : Toʻdalar, mafiya va siyosat
  • Deniz Baykal : CHP va Anadolu soʻli
  • Ahmet Kabakli : Nega millatchilik?
  • Yaşar Nuri Oʻzturk : Qur’on nomidan gapiraman
  • Orxan Pamuk Qizil va Qor
  • Oktay Sinanogʻlu Turk dahosi
  • Orxan Gencebay : Iltimos, meni sev
  • Vedat Turkali : Nega men kommunist boʻldim?
  • Ali Bulaç Islomiylik haqida

Manbalar

tahrir
  1. „Arşivlenmiş kopya“. 9 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 ocak 2020.
  2. „Çocukluk arkadaşı Ahmet Hakan'a kızdı“. Oda Tv (21 mayıs 2019). 23 ekim 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 ekim 2022.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart.
  4. „"Oscar" ödülünü aldı“. odatv4 (13 ocak 2021). 18 ocak 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 ocak 2021.
  5. „Cem Küçük'ten Ahmet Hakan'a köşeden ölüm tehdidi“. Hürriyet. 30 ocak 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 eylül 2015.
  6. „CHP, Ahmet Hakan’a yapılan tehdide ilişkin soru önergesi verdi“. Cumhuriyet. 30 ocak 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2015.
  7. „Sokaklar tekin değildir“. Yeni Şafak. 30 ocak 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2015.
  8. „Usta gazeteciler uyardı: Bir yerden sonra tehdit etmekle kalmayıp adam öldürüyorlar, örneği Hrant'tır“. Çağdaş Gazeteciler Derneği. 3 şubat 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 eylül 2015.
  9. „Basın Konseyi ve Türkiye Gazeteciler Cemiyeti Ahmet Hakan'a saldırıyı kınadı“. Hürriyet. 30 ocak 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 kasım 2015.

Havolalar

tahrir