Ahsaniy

xorazmlik shayx, diniy-mistik adabiy yoʻnalishda ijod qilgan shoir

Ahsaniy (taxallusi, asl ismi Mavlono Shayx Hasanquli Azizoni Xorazmiy) – xorazmlik shayx, diniy-mistik adabiy yoʻnalishda ijod qilgan shoir.


XVII asr

Ism

Mavlono Shayx Hasanquli Azizoni Xorazmiy

Tavalludi

XVI asr

Vafoti

XVII asr

Falsafa maktabi

naqshbandiylik

Asosiy qiziqishlari

diniy-mistik adabiy yo‘nalishi

Olgan taʼsirlari

Jo‘ybor shayxlari muhitida tarbiyalangan

Koʻrsatgan taʼsirlari

Xonqada masjid va xonaqoh qurdirib, shayxlik qilgan

Tarjimayi holi

tahrir

Ahsaniy haqida „Silsilat-ul-avliyo“ nomli kitobda baʼzi maʼlumotlar keltirilgan[1]. Bu maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Ahsaniyning asosiy mashgʻuloti shayxlik boʻlgan, u Xorazm, Buxoro va Samarqandda hayot kechirgan. U Xivadan Buxoroga borib, Joʻybor shayxlari muhitida tarbiyalangan. Soʻngra oʻsha shahardagi Soʻfiyop koʻchasida turgan Shayx Ali azizoni Samarqandiy bilan tanishib, Samarqandga kelgan va hukmron doiralar tayanchi boʻlgan „aziz“, "avliyo", „aʼzam“, „hazrat“ deb ataluvchi zotlardan taʼlim olib, yana Xorazmga qaytgan. Xonqada masjid va xonaqoh qurdirib, shayxlik qilgan.

Hazrati Hasanquli deb atalmish bu shayx Ahsaniy taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida sheʼrlar ham yozgan. „Silsilat-ul-avliyo“da Ahsaniyning oʻzbek tilida yozgan ikkita sheʼri keltirilgan[2].

Ahsaniy oʻz davrining katta eshoni boʻlib, u va uning shogirdlari XVII asrdagi ijtimoiy hayotda muhim oʻrin tutgan. Ahsaniyning muridlari sanalgan „azizlar“ hukmron doiralarni, jumladan, Asfandiyorni oʻz tariqatlari yoʻlida tarbiyalab, „aziz, avliyo, hazrat“ darajasiga koʻtaradilar.

„Silsilat-ul-avliyo“ kitobida Hazrati Qozi azizoni Xorazmiy degan ruhoniyning Hazrati Mavlono Hasanquli sahobalari (izdoshlari)dan biri boʻlgani, Amudaryoning janubi-gʻarbiy qismida – Xonqada hayot kechirgani haqida ham maʼlumot beriladi. Bundan Ahsaniy aslida xonqalik boʻlgan, degan xulosaga kelish mumkin.

Kitobning „Mavlono Jonmuhammad azizoni Xorazmiy“ qismida Jonmuhammadning katta eshon boʻlganligi, Xorazm hukmdori Asfandiyorxonning unga murid tutingani va, nihoyat, bu eshon hijriy 1040-yilda (milodiy 1630-yilda) vafot etgani, Xivaning tashqarisidagi Hasanquli azizon (Ahsaniy) maqbarasining poyostonasida koʻmilgani aytiladi.

Manbalar

tahrir
  1. Orzibekov R. O‘zbek adabiyoti tarixi (XVII — XIX asrning birinchi yarmi). Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006 — 87-bet. 
  2. Абдуллаев В.А. Ўзбек адабиёти тарихи. Иккинчи китоб (XVII асрдан XIX асрнинг иккинчи ярмигача). Тошкент: Ўқитувчи, 1967 — 30-bet.