Akademik taʼtil
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-06) |
Akademik taʼtil — Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish uchun, bolalarni parvarish qilish maqsadida beriladi.
Akademik ta’til oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatda beriladi:
- harbiy xizmatni oʻtash uchun — qonun hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni oʻtash muddatiga;
- salomatligini tiklash uchun — 12 oy muddatga;
- homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga[1].
Shuningdek, talabaga oilasining kasal a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til beriladi[2].
Talabalarga oʻqish davomida 2 marta taqdim etiladi. Istisno sifatida tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta’til berilishi mumkin. Birinchi bosqichda ta'lim olayotgan talabalarga akademik ta’til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli beriladi. Talabaga akademik ta’til berilishi uni ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. shuningdek, akademik ta’til davrida talabalarga stipendiyalar toʻlanmaydi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom“. Lex.uz. Qaraldi: 2010-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Ўзбекистонда талабага оиласининг касал аъзосини парвариш қилиш учун ҳам академик таътил берилади“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.