Akasi
Akasi — Yaponiyadagi shahar va port, Xonsyu orolining janubi-gʻarbida, Xiogo prefekturasida, Ichki Yapon dengizi sohilida. Aholisi 263 ming kishi (1991). Tezyurar poyezdlar temir yoʻl stansiyasi. Temir yoʻl paromi orqali Avazdi oroli bilan bogʻlangan. Kimyo, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Kurort shahar.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |