Akmal Azizxoʻjayev
Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev (1936-yil 8-noyabr, Toshkent — 2008) — futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-yildan „Spartak“ futbol jamoasida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi sardori va himoyachisi (1960-65 yillar). Buxoroning „Fakel“ (1966) hamda Nukusning „Amudaryo“ (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan[1][2].
Faoliyati
tahrirAkmal futbolchilik faoliyati dastlab Buxorodagi mahalliy jamoada boshlagan. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Sverdlovets“, Toshkentning „Spartak“ klublarida oʻynagan. 1956-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtdi va 9 yil davomida poytaxt jamoasi tarkibida oʻynagan. 1956-yilgi SSSR xalqlari spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasida oʻynagan. Faoliyatini soʻnggida „Buxoro“ klubida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshladi va bir qator jamoalar jumladan Aral samali jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Akmal Azizxo'jaev xotira turnirida bu yil 2010 yilda tavallud topgan avlod qatnashadi“. 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „"Ҳужум ҳимоядан бошланади". Акмал Азизхўжаев хотирасига ишланган фильм.“. 2021-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Akmal Azizxoʻjayev Footballfacts saytidagi futbolchi profili
- Akmal Azizkhodzhaev Transfermarkt saytidagi futbolchi profili
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |