Akmal Xasanov (1994-yil 28-noyabr tug'ilgan, Termiz shahri, Surhondaryo, O'zbekiston) - sobiq oʻrta yengil vazn toifasidagi o'zbek bokschisi, Oʻzbekiston chempioni va 2018-yildan buyon boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi. Shuhrat medali sohibi (2023)[1][2]

Akmal Xasanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 28-noyabr 1994-yil (1994-11-28) (29 yosh)
Surxondaryo viloyati
Boʻyi 170 sm
Sport
Qaysi sport Boks
Medallar

Biografiyasi

tahrir

Akmal Xasanov 1994-yil 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tavallud topgan.

Sportchilik faoliyati

15-yoshdan boshlab sportning boks turi bilan shug`ullangan. 2010-2014 yillarda Oʻzbekiston chempioni, Qozogʻiston, Ukraina va Rossiyada oʻtkazilgan Xalqaro musobaqalar gʻolibi.[3][4]2009-2010 (1-oʻrin) oʻsmirlar oʻrtasida va 2011-2012 yillarda yoshlar oʻrtasida, 2013-2014-yillari kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni.[5] Akmal Xasanov 2015-yil jarohat sabab sport faoliyatini yakullangan.

Murabbiylik faoliyati

Akmal Xasanov 2018-yildan boks bo'yicha murabbiylik faoliyatini boshladi. Xozirda Oʻzbekiston boks terma jamoasi murabbiyi. Uning murabbiyligi ostida Asadxoʻja Mo'ydinxoʻjayev,[6] Shoxjahon Abdullayev va Javohir Ummataliev[7], Abdullaev Aloxon[8] kabi jahon va Osiyo chempionati sovrindorlarini yetkazib chiqazgan.[9]

Mukofotlari

tahrir

Akmal Xasanov 2023-yil 25-avgust kuni "Shuhrat" medali taqdirlangan.[10]

  • Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Manbalar

tahrir