Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

oʻzbekistonlik bokschi

Asadxoʻja Zohiddinxoʻjayevich Moʻydinxoʻjayev (2001-yil 8-may Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik havaskor bokschi[2], 2023-yilgi IBA erkaklar oʻrtasidagi boks boʻyicha yarim oʻrta vazn toifasida jahon chempionati oltin medali sohibi[3][4] va 2022-yilda Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tgan havaskor boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori[5].

Statistikasi
Vazn toifasi yarim oʻrta vazn
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Tavalludi 8-may 2001-yil (2001-05-08) (22 yosh)
Rishton tumani, Fargʻona viloyati
Havaskor faoliyati
Havaskorlik gʻalabalari 30
Medallari va yutuqlari

[1]

Professional faoliyati
Birinchi jangi 2018-yil 24-avgust
Oxirgi jangi 2023-yil 13-may

Hayoti tahrir

Asadxo‘ja Moʻydinxo‘jayev 2001-yil 8-mayda O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Rishton shahrida tug‘ilgan[6]. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oladi. Moʻydinxoʻjaev boks bilan Fargʻona olimpiya zaxiralari sport kollejida 13 yoshida shugʻullana boshlagan. Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, so‘ngra O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga kelib, Akmal Xasanov qo‘l ostida shug‘ullangan.

Faoliyati tahrir

Havaskor karyerasi tahrir

2016-yilgi Prezident Haydar Aliyev oʻsmirlar kubogida 46 kg vazn toifasida gʻolib (Boku, Ozarbayjon)[7].

2016-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi turnirda 44 kg vazn toifasida gʻolib (Bekobod, O'zbekiston)[8].

2016-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati gʻolibi (Qo'qon 44 kg)[9].

2017-yil 52 kg vaznda o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning g‘olibi (Marg‘ilon, O‘zbekiston).

2017-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati kumush medali sovrindori (Urganch, Oʻzbekiston)[10].

2019-yilgi boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning 64 kg vazn toifasida g‘olibi (Anapa, Rossiya)[11][12].

2020-yilgi O‘zbekiston milliy chempioni (elita) (Toshkent, O‘zbekiston 64 kg)[13].

2022-yilgi Oʻzbekiston milliy chempioni (elita) (Toshkent, O‘zbekiston 67 kg).

Boks boʻyicha jahon chempionati tahrir

2021-yilda u oʻzining birinchi havaskor IBA boks boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, dastlabki ikki jangida Yevgeniy McKeever va Ahmed Hararaga qarshi gʻalaba qozondi va uchinchi jangida yaponiyalik bokschi Sewon Okazawaga yutqazdi[14].

2023-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida yarim o‘rta vazn toifasida Yuto Wakita (5:0), Kiril Samadurau (5:0)ni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. Chorak finalda kubalik Roniel Iglesias (4-3), yarim finalda Battömoriin Mishelt (5-0)[15] va finalda Dulat Bekbauov (5-0) ni magʻlub etdi[16].

Boks boʻyicha Osiyo chempionati tahrir

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining 67 kg vazn toifasida bronza medali sovrindori bo‘ldi. U musobaqaning chorak finalida hindistonlik Amir Kumarni ochkolar bo‘yicha (5:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauovga (5:0) hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy berdi[17][18][19].

Manbalar tahrir

  1. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  2. „Asadkhuja Muydinkhujaev / BoxRec“.
  3. „Hosts Uzbekistan in line for most titles at IBA Men's World Boxing Championships“ (en). Cuba Si (2023-yil 13-may). Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  4. „Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi“.
  5. „Mongolian Boxers Secure Medals at World Championships“ (en). Montsame News Agency. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  6. [https://sportsmen.sport.uz/Athlete/0a59a444-e008-49d1-b24a-750e27c8fe04?key=ce6b71c3-eec8-4684-b9a7-cc1445eaac51 „O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi "Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi" DUK Pasport raqami: FAR30766“] (2023). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  7. „14.President Heydar Aliyev Cup – Baku, Azerbaijan – May 7–10 2016“. amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  8. „Junior Tournament – Bekabad, Uzbekistan – February 6–11 2016“. amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  9. „Uzbek Junior National Championships – Kokand – March 25–31 2016“. amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  10. „Uzbek Junior National Championships – Urgench – March 25–31 2017“. amateur-boxing.strefa.pl. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  11. „Yosh bokschilarimiz Rossiyaning Anapa shahri o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi“. m.stadion.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  12. „Bokschilarimiz Anapadagi musobaqada ishtiroklarini davom ettirishmoqda“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  13. „Bugun boks bo'yicha 2020 yilgi O'zbekiston chempionlari malum bo'ladi“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  14. „Okazawa enjoying time in ring following World Boxing Championships progression“. www.insidethegames.biz (2021-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  15. UzDaily. „Seven boxers from Uzbekistan reached the final of the World Championship“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  16. Filippov. „Uzbekistan Boxing World Championships“ (en). Sputnik Mediabank (2023-yil 13-may). Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  17. „Прямая трансляция полуфинальных боев чемпионата Азии по боксу“ (ru). Prosports.kz (2022-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  18. ТурСтат. „Медальный Зачет Чемпионат Азии по Боксу 2022 Амман Иордания — ТурСтат“ (ru-RU) (2022-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  19. „Shiva Thapa enters quarters at Asian Elite Boxing Championships“. The Times of India (2022-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-may.