Akril yelimlar
Akril yelimlar — akril va metakril kislotalarning hosilalari asosida polifunksional birikmalar (poli-efirakrilat) qoʻshish yoʻli bilan olinadigan polimer yelimlar. Ular yuqori temperaturada erimaydigan va yumshamaydigan termoreaktiv yelimlar boʻlib, organik shisha, dyuralyuminiy, poʻlat, shisha, tekstolit 268 va fanerlarni yelimlashda qoʻllanadi. Metilakrilat asosida tayyorlangan Akril yelimlar yogʻoch, shisha, metall, rezina, charm, qogʻoz, chinni va plastmassa xona temperaturasida bir necha oʻn sekundda mustahkam yopishtirish xususiyatiga ega[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |