Akromegaliya
Akromegaliya (yunoncha, akros — oyoq-qoʻl va megos — katta) — miya ortigʻi (gipofiz) oʻsish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning lab, burun, pastki va yuqori jagʻi hamda oyoq-qoʻli, shuningdek ichki aʼzolari kattalashib ketadi. Akromegaliyada tana skeleti, yumshoq toʻqimalari (biriktiruvchi toʻqima, muskul, shilliq pardalar) haddan tashqari oʻsib ketadi. Koʻpincha 18-35 yoshdagi kishilar (aksari ayollar)da uchraydi. Akromegaliyada ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham buziladi. Akromegaliya rentgen nurlari, gormonal preparatlar, shuningdek jarrohlik yoʻli bilan davolanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |