Akson
Akson (qadimgi yunoncha: ἄξων – axon – oʻq), neyrit – nerv tolalarining yigʻindisidan paydo boʻlgan oʻq; nerv hujayrasining uzun oʻsimtasi. Akson ta’sirotni (nerv impulsini) periferik a’zolardan markaziy nerv sistemasiga va aksincha, markaziy nerv sistemasidan a’zolarga yoki bir a’zodan ikkinchisiga (akson-refleks) oʻtkazib beradi. Aksonning boshlangʻich qismi ingichka, oxiri yoʻgʻon va maxsus poʻst bilan uralgan buladi. Akson tutashgan joylarda ranvye bo'ginlati mavjud.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |