Aksu daryosi
Aksu (xet tilida bronza davridagi nomi: 𒁉𒋻𒀀𒅀, Kaštaraya, yunoncha qadimgi nomi Kestros) – Antaliya viloyati (Turkiya janubi-gʻarbiy qismi)dagi daryo, Toros togʻlaridan oqib chiqadi. Aksu yoʻnalishi gʻarbda Düden va sharqda Köprüçay oʻrtasida joylashgan. Antaliya shahri yaqinida Oʻrta yer dengiziga quyiladi[1]. Daryoning uzunligi 145 km ga yetadi va umumiy suv havzasi 3652 km² ni tashkil etadi[1]. Uning suv havzasida bir nechta koʻllar, jumladan Kovada koʻli hamda Karacaören-1 va Karacaören-2 toʻgʻonlari orqali barpo etilgan suv ombori mavjud[1].
Aksu, birinchi navbatda, Toros togʻlaridagi karstik buloqlari suvlaridan toʻyinadi[2] :342. Mintaqadagi koʻplab mavsumiy oqimlardan farqli oʻlaroq, Aksu butun yil davomida toʻlib oqadi, ammo uning hajmi yil boʻyi keskin oʻzgarishi ham mumkin[2] :342. Masalan, uning oqimi 1942-yilda yanvarda 250 m³/s va yozda esa 7,5 m³/s ga teng boʻlgan[2] :342. Boshqa karst oqimlari singari, Aksu ham oʻzi bilan juda koʻp choʻkindi jinslarni olib yurmaydi[2] :342.
Quyi oqimida Aksu yumshoq, unumdor allyuvial tekislikni hosil qiladi, bu gʻarbda Antaliya atrofidagi qattiq travertin majmuasi va sharqdagi qoyali pleystosen terrasalaridan keskin farq qiladi[2] :342. Daryoning past choʻkindi yuki va kuchli qirgʻoq oqimlari tufayli Aksu deltasida toʻlqinlar kuchli koʻtariladi[2] :342. Bu jarayonlar baʼzi sobiq daryo ozanlarini yopiq limanlarga aylantiradi va qirgʻoqqa parallel boʻlgan toʻrtta alohida balandligi 12 metrga teng boʻlgan qumtepalar tizimini yaratdi[2] :342. Deltaning baʼzi qismlari, xususan, daryo boʻylari atrofida, tarixda bezgak manbalari boʻlgan botqoqliklar mavjud[2] :342.
Bugungi kunda daryoga inson faoliyati taʼsir oʻtkazmoqda. Karacaören-1 toʻgʻoni sugʻorish uchun suv bilan taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va quyi oqimdagi suv toshqinini bartaraf etish uchun qurilgan[1]. Karacaören-2 toʻgʻoni Antaliya aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun bunyod etilgan[1]. Toʻgʻonlar Aksu daryosi suvining koʻp qismini elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun oʻtkazib yuboradi va quyi oqimdagi intensiv qishloq xoʻjaligiga ham katta miqdorda suv yetkazib beradi[1]. Natijada, quyi Aksuda suv kamroq boʻladi va baʼzi vaqtlarda qurib qolishi ham mumkin[1]. Daryoning ifloslanishi bir qancha hududlarda ham taʼsir koʻrsatadi: toʻgʻon bilan toʻsilgan suv omborlaridagi suvga maishiy va sanoat oqava suvlari oqiziladi, shuningdek, Aksuga suv tozalash inshooti chiqargan suvlar ham kelib quyiladi[1].
Tarixi
tahrirBuyuk Xet qiroli Tudaliya IV va uning vassali Tarhuntassa shohi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, hozirgi Aksu daryosining gʻarbiy chegarasini „Parxa“ qolgan qismini esa „Qastaraya daryosi“da nomlanishi belgilandi[3].
Doimiy suv taʼminoti va buning natijasida atrofdagi tekislikning unumdorligi qadimgi Perga shahrining gullab-yashnashiga sabab boʻlgan[2] :342.
Kestros sifatida, daryo Pomponius Mela tomonidan Perga daryosining yuqori qismida, 60 stadia (taxminan 11.1 kilometr (6.9 mi) kema qatnovi sifatida qayd etilgan. Strabon yozgan manbalarga koʻra, bu daryoning asosiy qismidan hisoblangan[4]. U Vizantiya davrida loyqalangan va buning natijasida Perga shahrining mavqei pasaygan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Tuzan Dugan, S.; Uslu, A.; Orhan, P.; Muhammetoglu, A.; Yesiltas, M.; Kocer, M.A.T.; Muhammetoglu, H. (2022). "Evaluation of Aksu Stream water quality under the influence of anthropogenic pollution and climate change". "Youth" in the Forefront: Before and After World Water Forum. Online Youth Water Congress: "Emerging Water Challenges Since COVID-19": 10–11. https://www.iahr.org/library/infor?pid=20637. Qaraldi: 1 February 2023.Aksu daryosi]]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Brückner, Helmut „The Aksu Çayı (Kestros River) coastal plain and the harbour of Perge“, . Petasos: Festschrift für Hans Lohmann (e-book) Kalaitzoglou: , Brill, 2019 — 341–53-bet. ISBN 978-3-657-77739-6. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
- ↑ G. Beckman. Hittite diplomatic texts, Atlanta, 1996. , no. 18C
- ↑ „Cestrus“, Dictionary of Greek and Roman Geography Smith: , London, 1854. Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
- ↑ „Perge“.