Akusherlik — klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tugʻruq vaqtida va tugʻruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir boʻladigan fiziologik va patologik jarayonlarni oʻrganadi. Asosiy vazifasi: tugʻruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (mas, toksikozlar)da tugʻruq, tugʻruqdan keyin (tugʻruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarning oldini olish, aso-ratlar paydo boʻlganda esa ayolga, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqqa tibbiy yordam koʻrsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu vazifani kasalxonalar, tugʻruqxonalar yoki qishloq vrachlik punktlarida akusher-vrach yoki akusherka bajaradi. A.- tibbiyotning qad. sohalaridan biri. Tibbiyotga oid qad. kitoblarda (mas, „Ayurveda“) tugʻruqqa yordam berishning ayrim usullari kel-tirilgan. Abu Ali Ibn Sino oʻzining „Tib qonunlari“ asarida xotin-qizlar gigiyenasi va kasalliklariga, jumladan A. ka alohida bob ajratgan. Ilmiy A. 17-18-asrlardan boshlab anatomiya, em-briologiya, fiziologiya va klinik tibbiyot sohasidagi yutuqlar bilan bogʻliq holda rivojlanmoqda. A. bilan ginekologiya bir butun fandir. 19-asrda efir va xloro-formdan ogʻriqsizlantirish maqsadida foydalanish, infeksiyaning tarqalish yoʻllari va unga karshi kurash usullarining kashf etilishi A.ning taraqqiy etishiga turtki boʻldi. A.da jarroxlik usullari keng qoʻllanila boshlandi. 20-asrda kimyo, fiziologiya, bakteriologiya va boshqa nazariy fanlar yutuqlarining A.da joriy etilishi A.ning bir qancha masalalarini, mas, homiladorlik fi-ziologiyasi va diyetetikasi, tugʻruqni ogʻriqsizlantirish, homiladorlarda ke-chadigan ayrim kasalliklar, toksikozlar, anemiya va boshqalarni chuqurroq anglash imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi da A. ijtimoiy masala darajasiga koʻtarilib, ona va bolalikni muhofaza qiladigan juda koʻp muassa-salar ishlab turibdi. A. oliy va oʻrta tibbiyot oʻquv yurtlarida fan sifatida oʻqitiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil