Akvametriya (lot. aqua — suv va yun. metreo — oʻlchayman) — anorganik va organik moddalar tarkibidagi suv miqdorini bevosita aniqlash. Bunda, mas, moddani maxsus shkafda oʻzgarmas vaznga kelguncha quritish yoki uni kalsiy karbid bilan ishlab, ajralib chiqadigan atsetilen hajmini oʻlchash kabi usullar qoʻllaniladi. A.ning boshqa usullardan afzalligi shundaki, modda tarkibidagi suv erigan, yutilgan, gidratlangan, kristall va boshqa holatlarda boʻlib, miqdori juda oz boʻlganida ham bu usul qoʻl kela-veradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil