Akveduk (lot. aqua — suv va dico — eltaman), suv oʻtkazgich-koʻprik — jar, dara, daryo, yoʻl ustidan oʻtkaziladigan nov yoki quvurdan iborat koʻpriksimon, estakada koʻrinishidagi suv oʻtkazuvchi inshoot. Oʻtkaziladigan joyning uzunli-gi va chuqurligiga qarab, A. yogʻoch, temir-beton, tosh, beton va metalldan quriladi. Oʻzbekistonda qadim zamonlardan buyon A.lar yogʻoch va toshdan qurilib kelingan. Mas, 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida Afrosiyobni suv bilan taʼminlash maqsadida pishiq gʻishtdan A. qurilgan (qarang Joʻyi arziz).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil