Al-Abvo

Al-Abvo Madinaga qarashli al-Fur’ qishlog‘i yerlaridan hisoblangan qish­loq

Al-Abvo (arabcha: الأبواء) – joy nomi.

Tarixi

tahrir

Al-Abvo – Madinaga qarashli al-Fur’ qishlogʻi yerlaridan hisoblangan qishloq. Madinaga boruvchi kishi uchun u bilan Juhfa qishlogʻi orasi yigirma uch mil masofani tashkil qilgan. Yoqut al-Hamaviyga koʻra, Orat togʻi va Madinadan Makkagacha boʻlgan yoʻlning oʻng tomonida joylashgan togʻning nomi ham al-Abvodir. U yerda shu toqqa nisbat berilgan shahar mavjud boʻlib, Saʼb ibn Jassoma al-Laysiy rivoyatidagi hadisda u haqda zikr qilingan.

577-yilda Muhammadning onalari Omina bint Vahb ibn Abdumanof Ul Zotni togʻa urugʻi bilan tanishtirish uchun Madinaga olib borib, qaytayotganda yoʻlda vafot etgan va al-Abvoda dafn qilingan. Al-Abvoda uning qabri mavjud. Paygʻambarning Madinadan birinchi bor qilgan safarlari al-Abvoga boʻlgan. Xabarlarga koʻra, hijriy 3-yilda (milodiy 625) makkaliklar Madinaga yurish qilib kelgan vaqtda baʼzilar Omina jasadini qabridan qazib olishni taklif qilgan. Ammo koʻpchilik bu ishga qarshi chiqqan. Muhammad Toif qamalidan qaytayotganlarida shu qishloqdan oʻtib, onalari qabrini ziyorat qilganlar[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Yoqut. Mu’jam. – Bayrut: „Dor Sodir“, 1995. I, 79;
  • Watt, W. Montgomery. „Āmina“. EI2. (Ing.). I, 438;
  • oʻsha mual. „Al-Abwa“. EI2. (Ing.). I, 169;
  • Mustafa Fayda. „Ebva“. TDV İA. – İstanbul: 1994. X, 378-379;
  • A. A. Ali-zade. Amina bint Vaxb // Islamskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M.: „Ansar“, 2007. 400;
  • E. Talabov. Abvo // Islomshunoslik qomusiy lugʻati. – T.: „Movarounnahr“, 2013. I, 12;
  • Islom. Ensiklopediya. – T.: „OʻzME DIN“, 2017. 10;
  • Alixontoʻra Sogʻuniy. Tarixi Muhammadiy. – T.: „Movarounnahr“, 2017. 19;
  • Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. – T.: „Hilol-nashr“, 2017. I, 200.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.