Al-Adiliya masjidi
Al-Adiliya masjidi (arabcha: جَامِع الْعَادِلِيَّة, turkcha: Adliye Camii) yoki Dukaginzade Mehmed Posho masjidi Halabdagi kulliya boʻlib, Qalʼaning janubi-gʻarbida, qadimiy shaharning „Al-Jallum“ tumanida, Al-Saffahiya masjididan bir necha metr uzoqlikda joylashgan. Masjid 1556-yilda Dukakinzoda Mehmed Posho tomonidan vaqf qilingan. Dukakinzoda Mehmed Posho 1551-yildan 1553-yilgacha Misr general-gubernatori etib tayinlanganidan keyin alban-usmonli Halab general-gubernatori lavozimida ishlagan. 1557-yilda vafot etgan va masjid 1565-1566 (hijriy 973) yillar oraligʻida qurib bitkazilgan[1]. Mazkur inshoot Usmonlilar davrining Halabdagi Xusruviya masjididan keyin eng qadimiy masjidlaridan biri hisoblangan.
Masjid | |
Al-Adiliya masjidi
جَامِع الْعَادِلِيَّة | |
Mamlakat | Suriya |
Hudud | Halab |
Koordinatalar | 36°11′50.8″N 37°9′27.9″E / 36.197444°N 37.157750°E |
Binokor | Meʼmor Sinan |
Asosiy sana: 1566-yil
| |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Al-Adiliya masjidi Vikiomborda |
Masjid gubernator saroyi yaqinida joylashgani uchun Adiliya nomi bilan mashhur boʻlgan, chunki u Dar al-Adl, shuningdek, Dor al-Saada deb ham nomlanadi[1][2].
Masjidda katta gumbazli namozxona bor, uning oldida qoʻshaloq ayvon bunyod etilgan. Shimol tarafdagi derazalar tepasida va ibodatxonada yorqin rangli kafel bilan qoplangan lunette panellari mavjud. Bular Turkiyaning Iznik shahridan olib kelingan boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi[1][2].
2014 yoki 2015-yil yozida Halab jangi paytida bino deyarli butunlay vayron qilingan.
Galereya
tahrir-
Kirish qismi
-
Hovli
-
Masjid ichi
-
Kirish eshigiga olib boruvchi xiyobon
-
Mehrob bilan ichki koʻrinish
-
Deraza ustidagi plitkalar
-
Masjid ichining yuqoridan koʻrinish
-
Gumbaz ichki qismi
-
Qubba ostidan qalʼa bilan koʻrinishi
-
Bir oz pastdan gumbazning koʻrinishi
-
Quyosh botayotganda gumbaz yonidan koʻrinishi
-
Quyosh botayotganini minora ostida koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Necipoğlu 2005.
- ↑ 2,0 2,1 Carswell 2006.
Adabiyotlar
tahrir- Carswell, John. Iznik Pottery. London: British Museum Press [1998], 2006. ISBN 978-0-7141-2441-4.
- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.
Havolalar
tahrir- „Jami' al-'Adiliyya, Aleppo, Syria“. Archnet Digital Archive. Qaraldi: 2017-yil 20-mart.