Al-Azhom Katta masjidi (indonezcha: Masjid Raya Al-A'zhom) Indoneziyaning Banten hududidagi Tangerang shahrida joylashgan jamoat masjidi. 2003-yilda ochilgan bu masjid Banten provinsiyasidagi eng katta masjid va namozxonlar sigʻimi boʻyicha dunyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi.

Masjid
Al-Azhom masjidi
Masjid Raya Al-A'zhom
Al-Azhom masjidining kirish eshigi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Tangerang
Koordinatalar 6°10′11″S 106°38′20″E / 6.169842761698951°S 106.63901340250627°E / -6.169842761698951; 106.63901340250627
Asosiy sana:
1997-2003[1]
Hajmi 15,000[1]
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4

Tavsif

tahrir

Ushbu masjidga poydevor qoʻyish marosima 1997-yil 7-iyulda Tangerang meri Jakariya Machmud tomonidan amalga oshirilgan. Masjid Indoneziya Respublikasi Din ishlari boʻyicha vaziri Said Agil Husin al-Munavar tomonidan 2003-yil 28-fevralda ochilgan

Al-Azhom masjidi hududi erkak/ayol tahorat xonalari, mehrob va tayyorgarlik xonalari, erkak/ayol namozxonalari, oʻquv xonalari, kutubxona, ofis xonalari va masjid hovlisidan iborat. Tepadagi asosiy gumbaz atrofi 4 ta yarim doira gumbaz bilan oʻralgan. Ushbu meʼmoriy uygʻunlik tufayli gumbazni tutib turish uchun ustunlarga ehtiyoj qolmagan, bu esa ibodat maydonining keng koʻrinish namoyish etishini taʼminlaydi[2].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 AL-AZHOM. Sistem Informasi Masjid. Retrieved July 21, 2021.
  2. 7 Fakta Masjid Raya Al Azhom, Kebanggaan Warga Tangerang. IDN Times. Retrieved July 21, 2021.