Muhammad bin Ismail Nashtakin al-Darazi (arabcha: محمد بن اسماعيل نشتاكين الدرازي) — 11-asrda ismoiliylik voizi va darziylar dinining ilk yetakchisi. 1016-yilda bidʼatchi sifatida ayblanib, 1018-yilda Fotimiylar xalifasi Al-Hakim bi-Amr Alloh tomonidan qatl etilgan.

Ad-Darazi
محمد بن اسماعيل نشتاكين الدرازي
Tavalludi
Muhammad bin Ismoil Nashtakin al-Darazi

X asr
Vafoti 1018-yil
Kasbi voiz

Hayoti

tahrir

Al-Daraziyning yoshligi haqida maʼlumot kam. Manbalarda u Buxoroda tugʻilgani yozilgan. Uning kelib chiqishi fors boʻlgan deb taxmin qilinadi. Forschada „tikuvchi“ degan maʼnoni anglatuvchi Al-Darazi unvoniga ega boʻlgan[1]. U 1015-yil yoki 1017-yilda Qohiraga kelgach, yangi paydo boʻlgan darziylar harakatiga qoʻshildi[2].

Oʻsha paytda harakat juda koʻp tarafdorlardan tashkil topgan edi[3]. Biroq, keyinchalik u dindan qaytgan[4] va shu tufayli darziylar tomonidan shaytonning xislatlariga, xususan, takabburlikka amal qilgan holda tasvirlangan[5].

Bu qarash, uning izdoshlari soni ortib borishi bilan, u oʻzining yetakchiligiga koʻp eʼtibor berib, oʻziga „Iymon qilichi“ unvonini berganiga asoslanadi. Hamza ibn Ali ibn Ahmad „Hikmatlar maktublari“da „Iymonga qilich kerak emas“, deb Al-Daroziyni ogohlantirishlariga eʼtibor bermay, oʻz bilganicha Hamzaga qarshi harakat qilishda davom etdi. Bu munosabat Al-Daroziy bilan Hamza ibn-Ali ibn Ahmad oʻrtasida tortishuvlarga sabab boʻldi va qolganlar tomonidan bu harakatlar xushlanmadi[4]. Al-Darazi Hamza ibn Ali emas balki aynan oʻzi ergashuvchilarning rahnamosi boʻlishi kerakligini taʼkidladi va oʻziga „Hidoyatchilarning Rabbi“ unvonini berdi.

1018-yilga kelib, Al-Daroziy oʻz atrofiga partizanlarni – „doraziylar“ni toʻpladi, ular umuminsoniy aql Odam Atoda dunyoning boshida mujassam boʻlgan, soʻngra undan paygʻambarlarga, soʻngra Aliga, demak, uning avlodlariga oʻtgan, deb hisoblaydilar[5]. Al-Daroziy bu taʼlimotni bayon etgan kitob yozgan. U Qohiradagi asosiy masjidda oʻz kitobidan oʻqib berishi ortidan uning daʼvolariga qarshi tartibsizliklar va noroziliklar kelib chiqadi. Natijada koʻplab izdoshlari oʻldirildi. Hamza ibn Ali uning mafkurasini rad etib, uni „magʻrur shayton“ deb atadi[5]. Al-Daroziy yaratgan ziddiyat xalifa al-Hakimni milodiy 1018-yilda darziylarning daʼvolarini kuch bilan toʻxtatishiga sabab boʻldi[4].

Al-Daraziy oʻz tariqatida sharob ichishga ruxsat bergan[5], nikohni taqiqlagan va metempsikozni oʻrgatganligi aniqlangan. Ammo uning xatti-harakatlari tarixchilar va polemiklar tomonidan boʻrttirilgan boʻlishi mumkinligi taʼkidlanadi.

Oʻlimi

tahrir

Al-Daroziy 1018-yilda Al-Hakim tomonidan qatl etildi[3].

Taʼsiri

tahrir

Garchi darziylar Al-Daraziyni oʻz eʼtiqodlarining asoschisi deb hisoblamasalar ham (aksincha, uni „birinchi bidʼatchi“ deb atashadi[6]), raqib musulmon guruhlari ataylab ziddiyatli daʼvatchining ismini yangi mazhabga qoʻshib qoʻydilar va oʻshandan beri uning ismi tarixda qoldi[3]. Darziylar oʻzlarini „unitarlar“ (al-Muvahhidun) deb atashadi.

Manbalar

tahrir
  1. Historical Dictionary of the Ismailis. Scarecrow Press, 30 Dec 2011 — 40-bet. ISBN 9780810879706. 
  2. The A to Z of the Druzes, annotated, Scarecrow Press, 27 Jul 2009 — xxxii-bet. ISBN 9780810870024. 
  3. 3,0 3,1 3,2 The Olive and the Tree: The Secret Strength of the Druze, By Dr Ruth Westheimer and Gil Sedan
  4. 4,0 4,1 4,2 About the Faith of the Moʻwaʼheʼdoon Druze by Moustafa F. Moukarim (Wayback Machine saytida April 26, 2012, sanasida arxivlangan)
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 E. J. Brill’s first encyclopaedia of Islam 1913-1936 By M. Th. Houtsma, E. van Donzel
  6. Swayd, Samy (1998), „Introduction“, in Swayd, Sami (muh.), The Druzes : an annotated bibliography, Kirkland WA: ISES Publications, ISBN 0-9662932-0-7