Al-Hindiya yoki Hindiya Iroqdagi Furot daryosi boʻyida joylashgan shahar. Al-Hindiya Karbalo muhofazotida joylashgan boʻlib, Al-Hindiya tumanining markazi hisoblanadi. Shaharning avvalgi nomi Tuvayrij (arabcha: طويريج) bo‘lib, bu nomdan har yili Ashuro kunidagi Muharram motamida o‘tkaziladigan „Tuvayrij yugurishi“ (arabcha: ركضة طويريج) kelib chiqqan[1]. Shahar aholisi soni 84,100 nafar.

Al-Hindiya

الهندية
Shahar
32°32′31″N 44°13′16″E / 32.54194°N 44.22111°E / 32.54194; 44.22111
Mamlakat Iroq
Muhofazot Kerbala muhofazoti
Tuman Al-Hindiya tumani
Aholisi
 (2018)
84,100
Al-Hindiya xaritada
Al-Hindiya
Al-Hindiya

Tarixi

tahrir

Shaharga milodiy 1793-yilda Avadning birinchi navabi boʻlgan „Muhammad Yahyo Osif Al-Davla Bahodur Al-Hindi“ asos solgan. Bu shaxs mintaqani ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Furot daryosidan kanal qazilishini moliyalashtirgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „1 million pilgrims perform Tuwairij rush in Karbala“ (2009-yil 27-dekabr). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-dekabr.
  2. مجلة التراث الشعبي - العدد الأول - سنة 2002 (arabcha)