Abu Ahmad ibn Abu Bakr al-Kotib (taxminan 940-950-yillarda vafot etgan) Buxoroda tug‘ilgan. Otasi Abu Bakr ibn Hamid amir Ismoil ibn Ahmad (900-907) saroyida kotiblik qilgan. Abu Ahmad esa amir Ahmad ibn Ismoil (907-914) vaziri etib tayinlangan. Haj munosabati bilan Makka, Bag‘dod, Omul va boshqa shaharlarga safar qilgan, Hirot, Bo‘shanj va Bodg‘ays shaharlarida hokim bo‘lgan. Abu Ahmad amir vorislari bilan birga saroyda tarbiyalangan. Ilk sheʼrlari vazirlardan al-Jayhoniy (914-922) va mashhur Abul Fazl al-Balʼamiylarga (922-938) bag‘ishlangan. Abu Ahmadning al-Kotib taxallusi uning kotib bo‘lganligidan dalolat beradi. Al-Ataviy degan shoirga yuksak hurmati bois, uni „al-Atavoniy“ deb ham atashgan. Uning 34 baytdan iborat qasida, hajv va boshqa janrlardagi sheʼrlari Saolibiyning „Yatimat ad-dahrtazkirasi orqali bizgacha yetib kelgan[1].

Al-Kotib
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy taxminan 940-950-yillar
Dini Islom
Tanilgan sohasi kotib, shoir

Adabiyotlar

tahrir
  1. Abdullayev I. Buxoroningarabiynavis shoirlari. Toshkent:Fan, 1965;
  2. Abdullayev I. Meros vatalqin. Toshkent: Fan, 2008;
  3. Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad as-Saolibi. Yatimat ad-daxr fi mahosinahl al-asr („Redkaya jemchujena odostoinstvax lyudey svoyego veka“).Tashkent: Fan, 2005.

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 100-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.