Al-Kudr istilosi[2], shuningdek, Banu Salim qabilasiga qarshi yurish Islom taqvimining hijriy 2-yilida Badr jangidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri sodir boʻlgan. Banu Salim qabilasi Madinaga bostirib kirmoqchi boʻlganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng Muhammad tomonidan ushbu safarga buyruq berilgan.

Al-Kudr istilosi
Sanalar Milodiy 624-yil (hijriy 2-yil)
Urush yeri Al-Kudr
Natija Banu Salim qabilasining barcha aʼzolari qochib ketgan
Banu Salimning 500 ta tuyasi Muhammad tomonidan oʻlja sifatida olingan[1]
Qoʻmondonlar
Muhammad Hech kim
Kuchlar
200 Nomaʼlum

Al-Kudr istilosi Muhammad va Bahrayn xalqi bilan bogʻliq birinchi voqea hisoblanadi. Muhammad Bahrayndan unga qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrilayotgani toʻgʻrisida xabar olgan[3][4].

Bunga javoban Muhammad al-Kudrdagi baʼzi hududlarga qarshi hujum uyushtirgan[5]. Buni eshitgan qabila esa darhol qochib ketadi. Muhammad ularning 500 ta tuyasini olib, jangchilar oʻrtasida taqsimlab beradi. Oʻljaning beshdan bir qismini ham xums qilib saqlagan[3][6][7][8].

Al-Kudr istilosi Ibn Hishom tomonidan paygʻambar Muhammadning tarjimai holida va boshqa tarixiy kitoblarda qayd etilgan[2]. Bu haqida eslatib oʻtilgan boshqa zamonaviy manbalarga „Ar-Raheeq al-Makhtum“ kitobi ham kiradi[2][9].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Al-Mubarakpuri, Saifur Rahman (2002), When the Moon Split, DarusSalam, 159-bet.
  2. 2,0 2,1 2,2 Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 280-bet, ISBN 978-9960-899-55-8.
  3. 3,0 3,1 Yahiya Emerick, Critical Lives: Muhammad, p. 185, Penguin, 2002.
  4. Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 147.
  5. Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 204.
  6. Safiur Rahman MubarakpuriALKUDR INVASION“,. The Sealed Nectar — 107 bet. ISBN 5872528906. „He stayed there for three days, took their 500 camels as booty and distributed them to the fighters after he had set aside the usual one-fifth“ 
  7. Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, 267-bet, ISBN 978-983-9154-17-7
  8. Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford University Press, 1956 — 17 bet. ISBN 978-0-19-577307-1. 
  9. Ar-Raheeq Al-Makhtum – The Sealed Nectar Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..