Al-Makmur Cikini jomeʼ masjidi Markaziy Jakartaning Cikini shahridagi Jalan Raden Saleh Raya hududida joylashgan va bu yerdagi eng qadimgi masjidlardan biridir. Ilgari u Tjikini masjidi (indonezcha: „Masjid Tjikini“) nomi bilan mashhur edi[1][2][3].

Masjid
Al-Makmur masjidi
Masjid binosi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Jakarta
Koordinatalar 6°11′28″S 106°50′34″E / 6.1912°S 106.8428°E / -6.1912; 106.8428
Yoʻnalishi sunniy

Tarixi

tahrir

Masjid oʻn toʻqqizinchi asr oxiridagi mashhur romantizm rassomi Raden Salehning mulki boʻlgan hududda joylashgan. Mahalliy aholining gaplariga koʻra, Raden Salehning oʻzi 1850-yilda shu yerlik musulmonlarga oʻz mulkida ibodatxona qurishga ruxsat bergan. 1897-yilda marhum rassomning rafiqasi mulkni Peranakan arab mustamlakachi mulkdorlari va amaldorlarining taniqli urugʻi Alatas oilasiga sotgan.

Huquqiy chegara

tahrir

Taxminan oʻttiz yil oʻtgach, Sayyid Ismoil bin Sayyid Abdulloh bin Alvi Alatas mulkning bir qismini Koningin Emma Stichtingga sotgan, bu fond keyinchalik Cikini kasalxonasini (indonezcha: „Rumah Sakit Cikini“) qurdirgan va hozirga qadar oʻz nazorati ostida saqlab kelmoqda. Sayyid va masjid oʻrtasida davom etayotgan mulkchilik nizosi tufayli eski masjid bitim hududidan chetlashtirilgan. Taxminan oʻsha paytda, oddiy eski bino ibodat qiluvchilarga daryoda tahorat olish imkonini berish uchun Cilivung qirgʻoqlariga koʻchirildi.

Sayyid Ismoil sudlarda gʻalaba qozonganidan soʻng, masjid turgan yer 1923-yilda Koningin Emma Stichtingga sotilgan. Bir yil oʻtgach, shifoxona kengashi masjid boshqaruvidan masjid binosini hozirgi joydan uzoqroqqa koʻchirishni rasman talab qilgan.

Biroq masjid rahbariyati bu yerni Raden Solih tomonidan jamiyatga qoldirilgan meros yoki vaqf deb hisoblagani sababli ham bu talabga rad javobini bergan.

Masjidning oʻz joyida saqlab qolishi maqsadida eski oddiy namozxonani doimiy, beton inshootga aylantirish uchun qoʻmita tuzilgan. Qoʻmita aʼzolari orasida Agus Salim, Mas Mansur va Cokroaminoto bor edi. 1932-1934-yillarda masjid Sarekat Islom tomonidan moliyalashtirilgan holda taʼmirlash va kengaytirish ishlarini olib borilgan. Bu saʼy-harakatlar masjidni koʻchirishga qaratilgan faoliyatni toʻxtatishga yordam berdi. Bino oʻn yilliklar davomida qonuniy chegarada qolib ketgan. Faqat 1991-yilda Cikini kasalxonasi 1850-yildan beri egallab turgan yerini masjid tasarrufiga topshirgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Heuken, S.J., Adolf. Mesjid-mesjid tua di Jakarta. Jakarta: Yayasan Cipta Loka Caraka, 2003 — 93–95-bet. ISBN 9799722926. 
  2. Direktorat Jenderal Kebudayaan Republik Indonesia. „Masjil Al-Makmur (Masjid Cikini) – Jakarta Pusat“. Kebudayaan Indonesia. 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  3. Dinas Komunikasi, Informatika dan Kehumasan Pemprov DKI Jakarta. „Al Makmur Raden Saleh, Masjid“. Portal Resmi Pemerintah Provinsi DKI Jakarta. Pemerintah Provinsi DKI Jakarta. 2015-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.

Adabiyotlar

tahrir
  • Heuken, S.J. Adolf. Mesjid-mesjid tua di Jakarta. Yayasan Cipta Loka Caraka, 2003. ISBN 9799722926.