Al-Musanno ibn Horisa ash-Shayboniy — (arabcha: المثنى بن حارثة الشيباني; tax. 570-yil, Iroq — 635-yil, Iroq) — Rashidun xalifaligi armiyasida musulmon arab sarkardasi edi.

Musanno
Tavalludi 570-yil
Iroq
Vafoti 635-yil
Iroq
Unvoni qo'mondon
Jang/urush Koʻprik jangi
Qodisiya jangi
Buvayb jangi
Otasi Horisa ibn Salama

Hayoti

tahrir

Al-Musanno Hiro shahridagi musulmon arablarning qoʻmondoni boʻlib, ular Sosoniylar Mesopotamiyasi tekisliklarida harbiy nazorat oʻtkazgan.

Al-Musanno 618-yil Makka shahriga kelib Muhammad s.a.v bilan uchrashadi lekin u paytda islom dinini qabul qilmaydi. Keyin u islom dinini qabul qildi va hijriy 9-yildda vakil boʻlib, paygʻambar sahobalaridan boʻladi. Abu Bakr halifa boʻlgan davrda Musanno Iroqda fors qoʻshinlariga qarshi harbiy yurishda qoʻmondonlik qiladi. Urushda Musanno koʻrsatgan jasorat sababli gʻolib boʻladi.

Umar halifa boʻlgach Musannodan qoʻmondonlikni olib, Abu Ubayd as-Saqafiyni qoʻmondon etib tayinlaydi. Furot daryosi qirgʻogʻida boʻlib oʻtgan „Koʻprik jangi“ deb nomlanuvchi jangda Abu Ubayd halok boʻladi va arab musulmonlari magʻlubiyatga uchraydi. Musanno yaralangan boʻlsa-da, Madinaga va arab choʻllariga qochib ketgan 3000 askar bilan birga tirik qoladi[1][2][3][4]. 634-yilda al-Musanno Buvayb jangida oʻz qoʻshini bilan forslarni magʻlub etadi.

U 636-yilda Qodisiya jangida qoʻmondonlar qatorida boʻlgan[5]. Oʻsha yili Iroqdagi Fors hududi musulmon arab qoʻshinlari tomonidan bosib olinib, Xolid ibn Valid chiqib ketgandan soʻng Musanno Iroqning musulmon arablar tomonidan bosib olingan hududlariga rahbarlik qiladi[6].

Al-Musanno oʻz qabilasi, Banu Bakr va boshqa kuchli arab qabilalari, jumladan Tag'lib va Tamim kabi hududlarni nazorat qilish uchun kurashgan[6]. Shundan soʻng u Qodisiya jangida yaralanib vafot etdi.

Uning gʻalabalari tufayli u zamonaviy Iroqda mashhur tarixiy shaxsga aylandi[7]. Uning nomidan Musanno klubi deb nomlangan pan-arab millatchi siyosiy harakati unvon sifatida foydalangan. Mamlakat janubidagi Musanno viloyati uning sharafiga nomlangan. Shuningdek, 1981-yildan 2003-yilgacha amalda boʻlgan Iroq milliy madhiyasida ham tilga olingan.

Ismi va nasli

tahrir

Al-Musanno ibn Horisa ibn Salama ibn Damdam ibn Saʼd ibn Murra ibn Dahl ibn Shaybon ibn Saʼlaba ibn Akaba ibn Saab bin Ali bin Bakr bin Voil bin Qosit bin Afsa bin Domi bin Jadila bin Asad bin Rabia bin Nizor bin Maʼd bin Adnan, ash-Shayboniy al-Bakriy.

Manbalar

tahrir
  1. Mujahid, Abdul Malik. Golden Stories of Umar Ibn Al-Khattab (R.A) (en). Darussalam Publishers. 
  2. Crawford, Peter. The War of the Three Gods: Romans, Persians and the Rise of Islam, Barnsley, South Yorkshire, 16 July 2013. ISBN 978-1-4738-2865-0. OCLC 884280500. 
  3. Ibrahim, Mahmood. Merchant Capital and Islam (en). University of Texas Press, November 2011. ISBN 978-0-292-74118-8. 
  4. Balādhurī, Aḥmad ibn Yaḥyá. The Origins of the Islamic State: Being a Translation from the Arabic Accompanied with Annotations, Geographic and Historic Notes of the Kitab Futuh Al-buldan (en). New York, N.Y.: Cosimo, Inc., March 2011. ISBN 978-1-61640-534-2. OCLC 796841424. 
  5. Ghareeb & Dougherty (2004), pp. 1, 167.
  6. 6,0 6,1 Ghareeb & Dougherty (2004), p. 1.
  7. Ghareeb & Dougherty (2004), p. 167.

Adabiyotlar

tahrir