Abu al-Qosim Ahmad ibn al-Mustansir ((arabcha: أبو القاسم أحمد بن المستنصر); 15/16-sentyabr 1074-yil – 1101-yil 11/12-dekabr), al-Mustaʼli bi’lllah (المستعلي بالله, soʻzma-soʻz'Xudo tomonidan tiriltirilgan') ismi bilan mashhur, Fotimiylarning toʻqqizinchi xalifasi va Mustaʼliy ismoiliylikning 19-imomi boʻlgan.

Al-Mustaʼliy

al-Mustaʼliy oltin dinori, Fustatda (milodiy 1099/1100-yil) zarb etilgan
Fotimiy xalifaligining Imomi
Saltanat 1094–1101
Oʻtmishdoshi al-Mustansir Billoh
Davomchisi Al-Amir bi-ahkamillah
Tugʻilishi 15/16-sentyabr 1074
Qohira
Vafoti 11/12-dekabr 1101
Qohira
Farzandlari Al-Amir bi-ahkamillah
Sulola Fotimiy
Otasi al-Mustansir Billoh
Dini Mustaʼliy ismoiliylik

Xalifa al-Mustansir Billoh oʻgʻillarining toʻngʻichi boʻlmasa-da, al-Mustaʼliy oʻzining qaynogʻasi, vazir al-Afdal Shahanshohning hiylasi bilan xalifa boʻlishga erishadi. Bunga javoban, uning eng katta akasi va otasining oʻrniga xalifa boʻlishi kutilgan Nizor Iskandariyada qoʻzgʻolon koʻtaradi. Ammo magʻlubiyatga uchragach, qatl etiladi. Bu ismoiliylar harakatida katta boʻlinishga sabab boʻladi. Eron va Iroqdagi koʻplab jamoalar tomonidan, rasman homiylik qilingan Ismoiliy iyerarxiyasidan ajralib, Nizor va uning avlodlarini qonuniy imom sifatida koʻrib, oʻzlarining Nizoriylar harakatini tuzadilar.

Butun hukmronligi davrida al-Mustaʼliy Fotimiylar xalifaligining amalda hukmdori boʻlgan al-Afdalga tobe boʻlib qolgan. Xalifalikning Misrdagi asosiy hududi bu davrda faravonlikda hayot kechirgan. Ammo Fotimiylar Suriya hududlaridagi mojarolarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu yerdagi sunniy saljuqiy turklari ularni oʻz hududlaridan siqib chiqarishga urinadi. Al-Afdal Tir port shahrini qayta Fotimiylar hukmronligiga qaytarishga muvaffaq boʻladi va hatto Suriya shimoliga Birinchi salib yurishi kelishi natijasida yuzaga kelgan tartibsizliklar davrida Quddusni qaytarib olishga ham muvaffaq boʻladi. Fotimiylar saljuqiylarga qarshi kurashlarda salibchilar bilan kelishib ish olib borishga urinishlariga qaramay, salibchilar janubga tomon yurish qilishda davom etadi. 1099-yil iyul oyida esa Quddusni egallab oladi. Oradan koʻp oʻtmay salibchilar Ashkelon jangida al-Afdal boshchiligidagi Fotimiylar armiyasi ustidan yirik gʻalaba qozonadi. Al-Mustaʼliy 1101-yilda vafot etadi va uning oʻrniga besh yoshli oʻgʻli al-Amir xalifa boʻladi.

Hayoti

tahrir

Tavalludi

tahrir

Asl ismi Ahmad boʻlgan boʻlajak xalifa al-Mustaʼliy hijriy 467-yil Muharram oyining 20-sanasida (milodiy 1074-yil 15 yoki 16-sentyabr)[1] yoki hijriy 468-yil Muharram oyining 18 yo 20-sanasida (milodiy 1075-yil 2 yoki 4-sentyabr) Qohirada tugʻilgan[2]. U sakkizinchi Fotimiy xalifasi al-Mustansir Billoh (h. 1036–1094) oʻgʻillarining eng kichigi boʻlgan[lower-alpha 1]. 1060-yilda al-Mustansirning boshqa bir oʻgʻli ham xuddi shu ism – Abuʼl-Qosim Ahmad – boʻlajak al-Mustaʼliy bilan deyarli bir vaqtda tugʻilgan va baʼzi manbalarda uni al-Mustaʼliy bilan chalkashtirib yuborishgan. Zamonaviy olimlarning taxminiga koʻra, bu oʻgʻil oʻsha paytda vafot etgan va bu ism al-Mustaʼliyga qayta qoʻyilgan. Bir manbada u Abulqosim Ahmad „Kichik“ (yoki „eng kichigi“, yaʼni barcha oʻgʻillarning ichida eng kichigi boʻlishi mumkin) deb ataladi[2].

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Al-Mustansir uzoq yillik hukmronligi davomida bir nechta farzandli boʻlgan, ammo ularning toʻliq roʻyxati mavjud emas. Bundan tashqari, uning koʻpgina oʻgʻillariga bir xil ismlar qoʻyilgan, bu esa ularning shaxsiyatini aniqlashtirishni qiyinlashtiradi. Tarixchi Paul E. Walker al-Mustansirning „kamida oʻn yetti nafar oʻgʻli boʻlgan, biz ularning ismlarini toʻliq oʻrgana olamiz“ deb aytgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Gibb 1993.
  2. 2,0 2,1 Halm 2014.
  3. Walker 1995, s. 249.

Adabiyotlar

tahrir
al-Mustaʼliy
Tavalludi: 15/16-sentyabr 1074 Vafoti: 12-dekabr 1101
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Fotimiy xalifasi
29-dekabr 1094 – 12-dekabr 1101
Keyingisi
Shialik unvonlari
Oldingisi Mustaʼliy ismoiliylik imomi
29-dekabr 1094 – 12-dekabr 1101
Keyingisi