Masjid al-Qiblatayn (somalicha: Masjidka Labada Qibla ; arabcha: مَـسْـجِـد الْـقِـبْـلَـتَـيْـن) — Somalilendning gʻarbiy Avdal mintaqasida joylashgan Zeyla shahridagi masjid. Masjidning nomi bir vaqtlar Makka va Quddusga moslashtirilgan degan taxminlar mavjud[1][2].

Masjid
Al-Qiblatayn masjidi
Masjid al-Qiblatayn (arabcha: مَـسْـجِـد الْـقِـبْـلَـتَـيْـن)
Masjidka Labada Qibla
Mamlakat  Somalilend
Hudud Avdal
Shahar Zeyla
Koordinatalar 11°21′14″N 43°28′26″E / 11.35389°N 43.47389°E / 11.35389; 43.47389
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Tarixi

tahrir

Masjiddagi eng qadimgi qoldiqlarning ayni sanasi yoʻq[3] va ularni tushunish uchun qoʻshimcha arxeologik tadqiqotlar talab etiladi[4]. Mahalliy ogʻzaki xalq ijodiyotiga koʻra, Muhammad oilasi 7-asr oʻrtalarida Habashistonga koʻchib oʻtgan va oʻsha paytda masjidni qurdirgan[4][5][6][7].

Hozirgi vaqtda mintaqani islomlashtirishning ilmiy sanalari noaniqligicha qolgan. Bu holat XIII-XIV asrlargachaboʻlgan boʻlishi ham mumkin, ammo baʼzi olimlar, bu jarayon ertaroq boʻlganligini, ammo nomaʼlum sanalarni taklif qilishgan[8][9].

Tavsifi

tahrir

Masjid nomi „ikki qibla masjidi“ degan maʼnoni bildiradi va bu nom uning ikkita mehrobiga ishora qiladi. Anʼanaga koʻra, mehroblardan biri shimoldagi Makka tomon, ikkinchisi shimoli-gʻarbdagi Quddus tomon yoʻnaltirilgan[4][10].

Bino asosi vayronaga aylangan. Bu hududni himoya qilish uchun hech qanday saʼy-harakatlar amalga oshirilmagan, takroriy qazishmalar, shuningdek, strukturaning poydevorini ochish bilan bogʻliq jarayonlar esa uning ahvolini yomonlashtirgan. 2007-yilda George Abungu YUNESKOning baholash missiyasi doirasida masjid haqida hisobot tayyorlagan[10].

Shimolga yoʻnaltirilgan bittagina mehrob saqlanib qolgan. Yaqin atrofda boshqa inshoot qoldiqlari ham mavjud, bu masjid qurilishining ikki xil bosqichidan oʻtganligini koʻrsatishi mumkin. Unda Bobu Dena ismli shayxning qabri ham bor[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Falola, Toyin. Africa in Global History: A Handbook (en). Walter de Gruyter GmbH & Co KG, 2021-12-06 — 45-bet. ISBN 978-3-11-067801-7. 
  2. Ylönen, Aleksi. The Horn Engaging the Gulf: Economic Diplomacy and Statecraft in Regional Relations (en). Bloomsbury Academic, 2024-01-25 — 112-bet. ISBN 978-0-7556-3515-3. 
  3. Insoll, Timothy „Ethiopia and the Horn of Africa“, . The Oxford Handbook of Islamic Archaeology (en) Walker: . Oxford University Press, 2020 — 430-bet. ISBN 978-0-19-998788-7. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Fauvelle-Aymar, François-Xavier „Le port de Zeyla et son arrière-pays au Moyen Âge: Investigations archéologiques et retour aux sources écrites“, . Espaces musulmans de la Corne de l'Afrique au Moyen Âge. (fr) Fauvelle-Aymar: . Addis Ababa: Centre français des études éthiopiennes, 2011 — 27–74-bet. ISBN 9782821882652.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  5. Mire, Sada (2015-03-01). „Mapping the Archaeology of Somaliland: Religion, Art, Script, Time, Urbanism, Trade and Empire“. African Archaeological Review (inglizcha). 32-jild, № 1. 129–130-bet. doi:10.1007/s10437-015-9184-9. ISSN 1572-9842.
  6. The Muslim World (en). Motamar al-Alam al-Islami; World Muslim Congress, 1964 — 7-bet. 
  7. Briggs, Phillip. Somaliland: With Addis Ababa & Eastern Ethiopia. Bradt Travel Guides, 2012 — 7-bet. ISBN 978-1841623719. 
  8. Insoll, Timothy. Islamisation: comparative perspectives from history Peacock: . Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017 — 248–249-bet. ISBN 978-1-4744-1712-9. OCLC 959035754. 
  9. Simpson, Edward. Struggling with History: Islam and Cosmopolitanism in the Western Indian Ocean (en). Columbia University Press, 2008 — 62-bet. ISBN 978-0-231-70023-8. 
  10. 10,0 10,1 Insoll, Timothy „Ethiopia and the Horn of Africa“, . The Oxford handbook of Islamic archaeology Walker: . New York, NY: Oxford University Press, 2020 — 437-bet. ISBN 978-0-19-750787-2.