Alassane Pléa (talaffuzi: Alassane Plea; 1993-yil 10-martda Fransiyaning Lill shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Menxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi qanot himoyachisi.

Alassane Pléa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alassane Alexandre Pléa[1]
Tavallud sanasi 10-mart 1993-yil (1993-03-10) (31 yosh)
Tavallud joyi Lille, Fransiya
Boʻyi 1.81 m[2]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Mönchengladbach
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2008 Ascq
2008—2010 Wasquehal
2009—2012 Lyon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Lyon B 67 (23)
2012—2014 Lyon 7 (0)
2014Auxerre (ijara) 15 (3)
2014—2018 Nice 112 (36)
2018— Borussia Mönchengladbach 134 (40)
Milliy terma jamoa
2010 Fransiya U18 4 (1)
2011—2012 Fransiya U19 15 (2)
2012—2013 Fransiya U20 6 (3)
2014 Fransiya U21 1 (0)
2018 Fransiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir
 
Alassane Pléa (2013-yil)

Pléa „Olympique Lyonnais“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 7-oktabrda „Lorient“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan[3]. 2014-yil boshida Alassan oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun „Oser“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 15-fevral kuni „Brest“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qilgan[4]. 21-mart kuni „Union Sportive Créteil-Lusitanos“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Oser“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[5]. Ijaradan qaytganidan soʻng, u hech qachon „Lyon“ futbol klubining asosiy tarkibidan joy olmagan.

2014-yilning yozida Alassan „Nice“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qilgan. 29-avgust kuni Marselning „Olympique de Marseille“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa tarkibida debyut qilgan[6]. 26-oktabr kuni Avant Guingamp futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Nice“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[7]. 2016-yilning 20-oktabr kuni Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ futbol klubiga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida u g‘alaba to‘pini kiritgan[8].

2017-yilda Yevropa ligasi doirasida Gollandiyaning „Vitesse“ futbol klubi va Belgiyaning „Zulte Waregem“ jamoalariga qarshi o‘yinlarda Pléa „dubl“ amalga oshirgan[9][10].

2018-yilning yozida Alassan Myonxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 23 million yevroni tashkil qilgan[11]. 25-avgust kuni „Bayer 04“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qilgan[12]. 1-sentabr kuni „Augsburg“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[13].

2020-yilning 3-noyabr kuni Alassan Chempionlar ligasida „Shaxtyor“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida „Borussiya“ futbol klubi foydasiga yakunlangan o‘yinda xet-trik qayd etgan[14]. Bu Myonxengladbaxning „Borussia“ futbol klubi tarixidagi Chempionlar ligasidagi ilk xet-trik boʻlgan. 2020-yilning 1-dekabr kuni Chempionlar ligasida „Inter“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan, ammo „Borussia“ futbol klubi yakuniy natijaga koʻra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Pléa Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Angliya, Xorvatiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15][16][17][18].

Statistika

tahrir
Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Olympique de Lyon  Fransiya 2012—2013 1 0 0 0 0 0 2 0 0 3 0 0
2013—2014 6 0 0 1 0 0 3 1 0 10 1 0
Jami 7 0 0 1 0 0 5 1 0 13 1 0
A. J. Auxerre  Fransiya 2013—2014 15 3 1 0 0 0 0 0 0 15 3 1
Jami 15 3 1 0 0 0 0 0 0 15 3 1
Olympique de Lyon  Fransiya 2014—2015 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
O. G. C. Niza  Fransiya 2014—2015 33 3 7 2 0 0 0 0 0 35 3 7
2015—2016 19 6 4 0 0 0 0 0 0 19 6 4
2016—2017 25 11 2 2 2 0 5 1 0 32 14 2
2017—2018 35 16 4 3 1 0 11 4 0 49 21 4
Jami 112 36 17 7 3 0 16 5 0 135 44 17
Borussia Mönchengladbach  Olmoniya 2018—2019 34 12 4 1 3 0 0 0 0 35 15 4
2019—2020 27 10 10 1 0 0 5 0 0 32 10 10
2020—2021 29 6 1 2 1 0 8 5 0 39 13 2
2021—2022 33 9 5 3 0 0 0 0 0 36 9 5
Borussia Mönchengladbach  Olmoniya 2022—2023 2 7 2 0 3 0 0 0 13 2 10 11
Jami 39 27 9 4 3 13 5 0 150 49 30 134
Umumiy faoliyatida 268 79 45 17 7 3 34 11 0 313 98 48

Manbalar

tahrir
  1. „Entreprise Ap14 Sports à Nice (06200)“ [Company Ap14 Sports in Nice (06200)] (fr). Figaro Entreprises (2019-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
    „Alassane Plea“ (fr). BFM Business. Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
  2. „Alassane Pléa“. Borussia Mönchengladbach. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  3. „Лорьян VS. Лион 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 7-oktyabr). 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  4. „Брест VS. Осер 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-fevral). 2017-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  5. „Кретей VS. Осер 0:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 21-mart). 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  6. „Марсель VS. Ницца 4:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 29-avgust). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  7. „Генгам VS. Ницца 2:7“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-oktyabr). 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  8. „Ред Булл Зальцбург VS. Ницца 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-oktyabr). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  9. „Ницца VS. Витесс 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-sentyabr). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
  10. „Зюлте-Варегем VS. Ницца 1:5“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-sentyabr). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
  11. „Второй бомбардир «Ниццы» Плеа перешел в гладбахскую «Боруссию» за 23 млн евро“ (ru). sports.ru (2018-yil 13-iyul). 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  12. „Боруссия Мёнхенгладбах VS. Байер 04 2:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-avgust). 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
  13. „Аугсбург VS. Боруссия Мёнхенгладбах 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 1-sentyabr). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
  14. „«Шахтер» проиграл 0:6 «Боруссии» Менхенгладбах. Плеа сделал хет-трик“. Sports.ru. 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
  15. „Испания (до 19) VS. Франция (до 19) 3:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  16. „Франция (до 19) VS. Англия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  17. „Франция (до 19) VS. Хорватия (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 6-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  18. „Сербия (до 19) VS. Франция (до 19) 0:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 3-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.