Alban milliy kiyimlari
Alban milliy kiyimlari (albancha: Veshjet Tradicionale Shqiptare; Veshjet Kombëtare; Veshjet Popullore or Kostumet Kombëtare) – barcha Albaniya va alban tilida soʻzlashadigan hududlar va jamoalarda 500 dan ortiq turli xil kiyimlarni oʻz ichiga oladi. Albaniyaning kiyim-kechak tarixi klassik davrlarga borib taqaladi[1]. Bu xalqni boshqa Yevropa davlatlaridan ajratib turuvchi omillardan biri boʻlib, u Illiriya davriga borib taqaladi.
Mamlakatdagi deyarli har bir madaniy va geografik mintaqada oʻziga xos kiyim-kechak turlari mavjud boʻlib, ular tafsilotlari, materiali, rangi va shakli jihatidan farq qiladi. Alban milliy liboslari koʻpincha quyosh, burgut, oy, yulduz va ilon kabi illiriya antiqa butparastlik ramziy elementlari bilan bezatilgan[2]. Matolar anʼanaviy ravishda toʻquv dastgohlari yordamida toʻqish orqali tayyorlanadi. Bugungi kunga kelib, baʼzi konservativ keksa erkaklar va ayollar, asosan, shimol taraflarda kundalik hayotlarida anʼanaviy kiyimlar kiyib yurishadi. Janubdan kelgan keksa ayollar esa odatda qora libos kiyishadi. Erkaklar va oʻgʻil bolalar esa taytlarga oʻxshash uzun oq yubkalar va uzun paypoqlar kiyishadi.
Albaniyaga oid kiyimlar
tahrirXhamadan
tahrirXhamadan anʼanaviy yelek boʻlib, uni butun Albaniyada, Kosovoda hamda Shimoliy Makedoniyadagi albanlar, Serbiyadagi albanlar, Chernogoriyadagi albanlar va Italiyaning Arbëresh qishloqlarida kiyadilar.
Brez
tahrirBrez anʼanaviy belbogʻlar boʻlib, ular Albaniya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya va Italiyaning Arbëresh qishloqlarida alban erkaklari tomonidan kiyiladi.
Çorape
tahrirÇorape anʼanaviy paypoq boʻlib, butun Albaniya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya va Italiyaning Arbëresh qishloqlarida alban erkaklari kiyadilar.
Opinga
tahrirOpinga (albancha talaffuzi: [ɔˈpiŋɡa]) anʼanaviy poyabzal boʻlib, butun Albaniya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya va Italiyaning Arbëresh qishloqlarida alban erkaklari kiyadilar.
Galereya
tahrirAlbaniya milliy kiyimlaridan naʼmunalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Albania“, Encyclopedia of National Dress: Traditional Clothing Around the World, ABC-CLIO, 2013, 16-bet, ISBN 9780313376368
- ↑ Leyla Belkaid (2013), „Albania“, in Jill Condra (muh.), Encyclopedia of National Dress: Traditional Clothing Around the World, I-jild, ABC-CLIO, 16-bet, ISBN 9780313376368
Havolalar
tahrir- Andromaqi, Gjergj. Albanian Costumes Through the Centuries: Origin, Types, Evolution. Mësonjëtorja, 2004. ISBN 978-99943-614-4-1.
- Andromaqi, Gjerjgi. Albanian Folk Costumes. Instituti i Kulturës Popullore, Departamenti Etnologjisë, 1999. ISBN 978-99927-654-6-3.
Vikiomborda Alban milliy kiyimlari haqida turkum mavjud |