Albert Anastasia
Umberto „Albert“ Anastasiya[2] (/ˌænəˈsteɪʒə/, Italyancha: umˈbɛrto anastaˈziːa ; tugʻ. Anastasio anaˈstaːzjo ; 1902-yil 26-sentyabr — 1957-yil 25-oktyabr) — italyan-amerikalik mafioz, qotil va jinoyatchilar boshligʻi. Zamonaviy Amerika mafiyasining asoschilaridan biri, Murder Inc. tashkilotining hammuassisi, keyinchalik rahbari. Oxir-oqibat zamonaviy Gambino jinoyat oilasi boshligʻi lavozimiga koʻtarildi. Shuningdek, jinoiy karyerasining katta qismida, asosan, port ishchilari kasaba uyushmalari yordamida Nyu-York shahri qirgʻoqlarini boshqargan. Anastasiya 1957-yil 25-oktyabrda Vito Genovese va Carlo Gambinoning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Ushbu voqeadan soʻng Gambino oila boshligʻi boʻlgan.
Albert Anastasia | |
---|---|
Fayl:Anastasia.JPG | |
Tavalludi |
Umberto Anastasio 26-sentyabr 1902-yil |
Vafoti |
25-oktyabr 1957-yil (55 yoshda) New York, New York, AQSh |
Vafoti sababi | Oʻq jarohati |
Dafn etilgan joyi | Green-Wood qabristoni, New York, New York, AQSh |
Fuqaroligi | Amerikalik |
Kasbi | Jinoiy toʻda rahbari |
Millati | Italyan |
Laqablari |
The One-Man Army Mad Hatter Lord High Executioner Don Umberto[1] |
Anastasiya Amerika tarixidagi eng shafqatsiz va qoʻrqinchli uyushgan jinoyatchilardan biri edi. Yuksak obroʻsi tufayli unga The Earthquake (Zilzila), The One-Man Army (Bir kishilik armiya), Mad Hatter (Majnun qalpoqchi) va Lord High Executioner (Lord Oliy jallod) laqablari berilgan.
Biografiyasi
tahrirAlbert Anastasiya 1902-yil 26-sentyabrda Italiyaning Kalabriya yarim oroli Parghelia kommunasida Bartolomeo Anastasio va Marianna Polistena oilasida tugʻilgan. Bolaga Umberto Anastasio ismi berilgan[3][4]. Anastasiyaning otasi temiryoʻlchi boʻlgan. Birinchi jahon urushidan keyin vafot etgan vaqtida otadan toʻqqiz farzandi qolgan[5]. Anastasiyaning sakkiz aka-uka: Raffaele; Frank; Anthony; Joseph; Gerardo; Luigi (Avstraliyaga koʻchib ketgan) and Salvatore Anastasio va bitta singlisi, Mariya, bor edi[5][6].
1919-yilda Anastasiya akalari Jozeph, Anthony va Gerardo bilan Nyu-Yorkda oʻzlari ishlaydigan yuk tashuvchi kemani tark etib, AQShga noqonuniy ravishda kirib borishdi. Ular tez orada Bruklindagi portda yuk tashuvchi boʻlib ishlay boshlashdi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Raab, Selwyn. Five Families: The Rise, Decline, and Resurgence of America's Most Powerful Mafia Empires, 2005 — 72-bet.
- ↑ „Albert Anastasia Part 01 of 04“. FBI Records: The Vault. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ Newton, Michael. Boss of Murder, Inc.: The Criminal Life of Albert Anastasia, March 23, 2020 — 3–4-bet.
- ↑ Anastasio, Salvatore. „Così hanno ammazzato mio fratello Alberto“ (it). Tropea Magazine. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ 5,0 5,1 Zampa, Fabrizio. „Cosa nostra, Chiesa mia“ (it). Tropea Magazine (1973-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-may. „in origine eravamo nove: Raffaele, Francesco, Alberto, Antonio, Giuseppe, Gerardo, Luigi e io. Poi c'è una sorella, Maria.“.
- ↑ 6,0 6,1 Freeman, Ira Henry. „ANASTASIA ROSE IN STORMY RANKS; One of 4 Feared Brothers, He Survived Death House and Violent Rackets Six Came To America Offered Plot on Dewey“ (1957-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-may.