Albert kisroni
Albert kisroni (lotincha: Wikstroemia albertii) — ikki urugʻpallalilar sinfi, gulxayridoshlar oilasiga mansub gulli o‘simlik turi. Hayotiy shakli buta. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Chatqol, Qurama, Piskom tog‘ tizmalarida, sernam va unumdor tuproqlarda tarqalgan[1].
Albert kisroni | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Wikstroemia |
Oila: | Gulxayridoshlar |
Binar nomi | |
Wikstroemia alberti |
Tavsifi
tahrirBalandligi 1,5 metrgacha yetadigan buta. O‘q ildiz sistemasiga ega. Poyasi bir nechta yog‘ochlashgan. Eskirgan shoxlari qo‘ng‘ir kulrang, yangi novdalari yashi va yotiq tukli. Barglari poyada navbatma-navbat va qarama qarshi joylashgan, uzunligi 1,5-3 sm, eni 0,5-1,5 sm asosi ponasimon, uchi to‘mtoq, har ikki tomoni tukli, poya pastidagi barglari bandsiz. Gulqo‘rg‘oni murakkab, a'zolari qo‘shilmagan erkin. Gullari ikki jinsli, 5-13 ta gul birlashib soyabonsimon boshcha to‘pulni hosil qiladi. Gulbandi 1,5 sm yashil yotiq tukli. Gultojibarglari sariq. Hasharotlar yordamida changlanadi.Mevasi quruq yong‘oq meva. Yong‘oqchasi gulqo‘rg‘on bo‘laklari bilan o‘ralgan. Iyun iyul oylarida gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Urug‘i va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Chatqol, Qurama, Piskom tog‘ tizmalarida uchraydi. Archazorlar, butazorlar orasida sernam, yumshoq va sernam tuproqlarda o‘sadi. Ma'lum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli areali qisqarib ketgan. Chatqol biosfera rezervati qo‘riqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Wikstroemia alberti“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.