Piskom
Piskom — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng bosh irmogʻi. Maydontol tizmasining shimoliy yon bagʻridan oqib tushadigan Maydontol va Piskom tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadigan Oygay-ing soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarb tomon oqadi va Chorvoq soyligiga kelganda Chatqol daryosi bilan qoʻshilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Uz. 70 km, havzasining maydoni 2840 km².
Piskom | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 70 km |
Davlat | Oʻzbekiston |
Piskom |
Piskom bosh qismida chuqur togʻ vodiysida toshlar orasidan, soʻngra terrasali keng vodiyda oqadi. Piksomning havzasi ancha baland (oʻrtacha balandligi 2645 m) boʻlib, unda umumiy maydoni 130 km²ga yaqin 140 dan ortiq kichik muzlik bor. Piskom qor-muzlik suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 82 m³/sek. Yillik oqimning 47% mart — iyun, 38% iyul— sentabr, qolgan 15% esa oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Suvi martdan kupaya boshlaydi, iyun—iyulda eng koʻp, yanvar—fevralda esa eng kam boʻladi. Eng koʻp suv sarfi 700 m³/sek. va undan ortiq, eng kam suv sarfi 10 m³/sek. gacha. Piskom ancha loyqa daryo (har 1 m³ suvida oʻrtacha hisobda 200 g loyqa boʻladi). Piskomga 40 dan ortiq soy va jilgʻalar kelib qoʻshiladi. Ulardan eng yiriklari: Ixnachsoy, Qoraqizsoy, Teparsoy, Aksarsoy va Novalisoy.[1]
GalereyaTahrirlash
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |