Ispaysoy
Ispaysoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmogi. Piskom tizmasining shim-gʻarbiy yon bagridan (2400 m balandlikdan) boshlanadi. Uz. 13 km, suv toʻplash mayd. 73 km2. Toldarsoy irmogʻining quyilish joyiga qadar I. kengligi 15-40 m, qirgʻoqlari baland va tik, dara shaklidagi vodiyda oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2,4 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 33 l/sek km2. Martdan suvi kupaya boshlaydi, eng katta suv sarfi may — iyunda kuzatiladi. Kuz — qishda suvi kamayadi. I.dan qisman Ispay qishlogʻi suv ichadi.[1]
Ispaysoy | |
---|---|
Ispaysoy, sharshara (sentabrda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 13 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Ispaysoy |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |