Maydontol tizmasi — Gʻarbiy Tyaiiianlagi tizma (Toshkent viloyati). Piskom daryosining yuqori oqimida. Maydontol va Oyganing daryolari oraligida. Jam.garblan shimoli-sharqqa 50 km choʻzilgan. Gʻarbla Talas Olatopi tizmasiga tutashadi. Maydontol tizmasining suvayirgich qismidan Qozogʻiston bilan Oʻzbekiston chegarasi oʻtgan. Oʻrtacha balandligi 3800- 4000 m. Eng baland joyi 4269 m. Maydontol tizmasi yirik antiklinal, asosan, karbon davrining intruziv jinslari, shuningdek, ohaqtosh va slaneilaridan tuzilgan. Tizma kuchli parchalangan, Oygaying daryosi oʻzami b-m suvayirgich orasidagi farq 1500-1700 m. Tizmaming tik shim.garbiy va janubi-sharqiy yon bagirlarila soy kup (Sariboshsoy, Tekashsoy, Toʻragansoy, Qorabotqoqsoy vab.). Maydontol tizmasining suvayirgich qismiga oʻtkir qirrali choʻqqilar (qiyaligi 60—70°), karr va sirklar xos. Ularda qor va muz uyumlari toʻplangan. 2800 m dan boshlab subalp balandlik mintaqasi boshlanadi. Bu mintaqada qoʻngir-bosh, toʻngizsirt, togʻ shairi oʻsadi. 3200 −3500 m balandlikdan yuqorisi alp mintaqasiga mansub. Bu yerda toʻngizsirt, qoraqiyoq, turli xil tikanli oʻsimliklar tarqalgan. Maydontol tizmasidan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil