Talas olatovi — Gʻarbiy Tyanshandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Qozogʻiston respublikalari hududida joylashgan. Kenglik boʻylab sharqdan gʻarbga 270 km ga choʻzilgan. Bal. 400 m ga yaqin. Gʻarbda Oqsuv daryosining yuqori oqimida tugaydi. Eng baland joyi — Manas choʻqqisi (4484 m). Janubiy qismidan jan.gʻarbga Chatqol, Piskom, Ugom, Qorjontov kabi tizmalar ajralib chiqqan. T.O.Talas, Sirdaryo, Chirchiq daryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Tizmada Kolba, Maydontol kabi dovonlar bor. T.O.ning shimoliy yon bagʻri qisqa va Talas vodiysidan tik koʻtarilgan. Tektonik jihatdan antiklinoriy strukturadir. Tizmaning oʻq qismi paleozoyning granitlaridan, yon bagʻirlari esa metamorfik slanets, qumtosh va ohaktoshlardan tashkil toptan. Suvayirgʻich qismi qoyali, doimiy qor va muzliklar mavjud. T.O.ning etaklarida dasht oʻsimliklari va butalar, yon bagʻirlari, suvayirgʻich va unga yaqin qismlarida subalp va alp oʻtloklari tarqalgan. Uning yon bagʻirlarini kesib oquvchi daryo boʻylari va yon bagʻirlarida qoraqaragʻay, oqqaragʻay, archa daraxtlari uchraydi.

Gʻarbiy Tyanshandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Qozogʻiston respublikalari hududida joylashgan. Kenglik boʻylab sharqdan gʻarbga 270 km ga choʻzilgan. Bal. 400 m ga yaqin. Gʻarbda Oqsuv daryosining yuqori oqimida tugaydi. Eng baland joyi — Manas choʻqqisi (4484 m). Janubiy qismidan janubi-gʻarbga Chatqol, Piskom, Ugom, Qorjontov kabi tizmalar ajralib chiqqan. T.O.Talas, Sirdaryo, Chirchiq daryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Tizmada Kolba, Maydontol kabi dovonlar bor. T.O.ning shimoliy yon bagʻri qisqa va Talas vodiysidan tik koʻtarilgan. Tektonik jihatdan antiklinoriy strukturadir. Tizmaning oʻq qismi paleozoyning granitlaridan, yon bagʻirlari esa metamorfik slanes, qumtosh va ohaktoshlardan tashkil toptan. Suvayirgʻich qismi qoyali, doimiy qor va muzliklar mavjud. T.O.ning etaklarida dasht oʻsimliklari va butalar, yon bagʻirlari, suvayirgʻich va unga yaqin qismlarida subalp va alp oʻtloklari tarqalgan. Uning yon bagʻirlarini kesib oquvchi daryo boʻylari va yon bagʻirlarida qoraqaragʻay, oqqaragʻay, archa daraxtlari uchraydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. „Talas Olatovi“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil