Ixnachsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom naryosining chap irmogʻi. Piskom tizmasining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi Ixnachkoʻldan boshlanadi. Uzunligi 20 km. Qor va muzliklardan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri may—iyun oylarida, kam suvli davr kuzqishda kuzatiladi.[1]

Ixnachsoy
Tavsif
Uzunligi 20
Davlat Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil