Alburz ustoni
(Alborz viloyatidan yoʻnaltirildi)
Alburz ustoni (forscha: استان البرز, Ostân-e Alborz) Eronning oʻttiz bir ustinidan biri boʻlib, markazi Karaj shahrida hisoblanadi[1]. Alburz aholisining koʻpchiligini etnik forslar tashkil etadi.
Alburz ustoni Ostān-e Alburz | |
---|---|
uston | |
{{flagicon|Iran}] Bayroq | |
36°0′40″N 50°48′34″E / 36.01111°N 50.80944°E | |
Mamlakat | Eron |
Hukumat | |
Mojtaba Abdollahi | |
Maydon | 5,833 km2 (2,252 kv mi) |
Aholisi (2016) |
2 712 400 |
Telefon kodi | 026 |
|
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
2011 | 2 412 513 | — |
2016 | 2 712 400 | +12.4% |
Tehronning shimoli-gʻarbida joylashgan Alburz ustonida 7 ta okrug bor: Karaj okrugi, Savojbolog okrugi, Taleqan okrugi, Eshtehard okrugi, Fardis okrugi, Nazarobod okrugi va Chahorbogʻ okrugi. Karaj ustonning markazi hisoblanadi. Alburz[1] Tehrondan 35km gʻarbda joylashgan. Alburz ustoni Alburz togʻlari etagida joylashgan va Eronning hududdagi eng kichik ustonidir.
Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilda Alburz aholisi 2 712 400 kishini tashkil etgan, ularning 92,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi[2].
Shaharlar
tahrir- Toleqon
- Nazarobod
- Hashtgerd
- Eshtehard
- Kuhsar
- Golsar
- Kamol Shahr
- Karaj
- Garmdarreh
- Fardis
- Meshkin Dasht
- Muhammad Shahr
- Mahdasht
- Safadasht
- Malard
Transporti
tahrir- Metro — Tehron metrosi Karaj bilan 5-liniya (toʻq yashil) orqali ulanadi. ustonda 3 ta metro bekati bor: Karaj, Muhammadshahr va Golshahr. Golshahrdan Hashtgerdgacha boʻlgan boshqa yoʻnalish 25 kilometr uzunlikda boʻlib, kuniga 250 ming yoʻlovchini tashish imkoniyatiga ega[3][4].
- Poyezd — Tehronni Eronning gʻarbiy qismlari bilan bogʻlaydigan va Turkiyaga ketadigan barcha poezdlar Karaj orqali oʻtadi va ularning aksariyati Karaj temir yoʻl stantsiyasida toʻxtaydi.
- Avtobus — Karaj, Tehron va Tabrizni bogʻlaydigan 2-erkin yoʻlda qatnaydi[5].
- Umumiy taksi — Bir nechta umumiy taksi (savari) stantsiyalari Tehrondan Alburz ustonining turli qismlariga kelish imkoniyatini beradi. Stansiyalar Vanak, Tajrish, Enghelab va Azadida joylashgan. Ularning narxi yoʻnalishlariga qarab qarab 40 000 dan 50 000 rialgacha oʻzgarib turadi[6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Majlis extends term of councils, votes for new province, Tehran Times, Retrieved on 24 June 2010.
- ↑ „Census 2016 | Iran Data Portal“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
- ↑ „Golshahr-Hashtgerd electric train line“ (en-US). The Iran Project. 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ „Karaj railway station“, Wikipedia (inglizcha), 2022-09-21, qaraldi: 2022-11-24
- ↑ „International Travel & Local Transportation | International Workshop on UI GreenMetric“. iwgm.ui.ac.id. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ Makvandi. „Iran Taxi - Quick and Complete Guide - experience Iran like a local“ (en-US). TAPPersia (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ says. „Everything you need to know about taxis in Iran“ (en-US). Lost With Purpose - Solo female travel off the beaten track (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑
- ↑ says, Farzad (2019-03-19).