Olchin
Olchin, alchin — bir qancha turkiy xalqlar tarkibiga kirgan yirik qabila ittifoqi. Olchinlar qadimiy turkiy xalqlardan boʻlib, milodning boshlarida Oltoyda va Irtish daryosi yaqinidagi choʻllarda yashaganlar. Keyinchalik (6-asrdan) Turk xoqonligi, Kimaklar davlati, qipchoqlar ittifoqi va boshqalar tarkibida boʻlgan.
Moʻgʻullar davlati parchalanishi bilan Olchinlar Noʻgʻay Oʻrda va 16-asr oʻrtalarida esa qozoq xalqi tarkibiga kirgan. Olchinlarning ayrim guruhlari boshqird, Qozon tatarlari, Qrim va Shimoliy Kavkaz noʻgʻaylari va qoraqalpoqlar, kichik bir qismi oʻzbeklar tarkibida ham bor. 1926-yil maʼlumotlariga koʻra, Buxoro vohasida (2525 kishi), Karmana atrofida (750 kishi) va Qashqadaryoning quyi oqimida (Olchin qishlogʻida, 300 kishi) yashaganlar. Olchinlar alimuli, bayuli, jetiuru qabilalariga, bularning har biri, oʻz navbatida, yana bir qancha urugʻlarga boʻlingan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |